Hukumat qarori ayrim normativ huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot xabar bermoqda.
Şunga köra, 2024 yil 1 yanvardan:
- qonun hujjatlari buzilganligi uçun vakolatli davlat organlari tomonidan uşlangan transport vositalarini saqlaş xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali oçiq tanlov asosida tanlab olinadi;
- uşlangan transportlarni töxtaş joylariga olib keliş, joylaştiriş, saqlaş, hisobini yuritiş va olib çiqib ketişga ruxsat beriş “Jarima maydonçasi” axborot tizimi orqali amalga oşiriladi;
- transportlarni töxtaş joylariga olib keliş (taşiş) hamda saqlaş böyiça körsatiladigan xizmatlar uçun tölovlarning çeklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.
“Jarima maydonçasi” axborot tizimi orqali, jumladan:
- uşlangan, töxtaş joylariga joylaştirilgan va olib çiqişga ruxsat berilgan transportlar röyxati yuritiladi;
- transportlarni töxtaş joylaridan olib çiqiş uçun barça tölovlar (jarima maydonçasi va huquqbuzarlik uçun jarimalar) elektron amalga oşiriladi.
Mazkur axborot tizimi 2023 yil 1 noyabrgaça işlab çiqiladi.
Şuningdek, 2023 yil 1 dekabrgaça YHXXning yagona axborot tizimi uşlangan transportlarni saqlaş xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslarni oçiq tanlov asosida elektron tanlab oliş imkoniyatini yaratiş maqsadida takomillaştiriladi.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.









