Suv xöjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar töğrisida video yuborganlar rağbatlantiriladi

Suv xöjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar töğrisida video yuborganlar rağbatlantiriladi

Hukumat qarori (bilan “Jismoniy şaxslar tomonidan qayd etilgan suv xöjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar töğrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qiliş, körib çiqiş hamda ularni taqdim etgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi haqida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi.

Şaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etib, 48 soatda Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligi obʼektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasiga (Inspektsiya) v-nadzor.gov.uz veb-sayti orqali yuboradi.

Foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilişi lozim:

  • sodir etilgan huquqbuzarlik;
  • huquqbuzarlik sodir etgan şaxs töğrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud bölsa);
  • huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, aniqlangan sana va vaqt.

Qoida tariqasida, foto va videomateriallarning davomiyligi 120 soniyadan oşmasligi lozim.

Foto va videomateriallar 10 kun muddatda Inspektsiyaning masʼul xodimi tomonidan körib çiqiladi.

Huquqbuzarlik 1-marotaba sodir etilgan bölsa, huquqbuzarga suvdan foydalaniş va suv isteʼmoli tartibi (qoidalari) takroran buzilişining oldini olişga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi.

Maʼmuriy jazo çorasi qöllanganidan keyin 1 yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solişga sabab böladi.

Foto va videomateriallarni yuborgan şaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 25 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Rağbatlantiriş jarima undirilgan kundan boşlab 15 kun muddatda amalga oşiriladi

Teglar:
×