Özbekistonda YAIMning iqtisodiy ösiş körsatkiçlari avval prognoz qilingan 6,6 foiz örniga, sönggi yillardagi eng yuqori körsatkiç – 8,1 foizga yetişi mumkin. Bunda inflyatsiya körsatkiçlari ötgan yilga nisbatan 7 foizli tebranişda saqlanib turiş örniga joriy yil uçun 6,5 foizli natija prognoz qilinmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2027–2029 yillar uçun yangilangan fiskal strategiyasida qayd etildi.
Milliy prognozlarga köra, mamlakatda iqtisodiy ösiş 2026 yilda 8,1 foiz, 2027 yilda 6,9 foiz, 2028 yilda 7,1 foiz, 2029 yilda 7,4 foizni taşkil etişi prognoz qilingan. Bunda, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş 2027–2029 yillarda 6,7–7,9 foiz, bozor xizmatlarining esa 14,3–15 foiz atrofida ösişi iqtisodiy ösişning asosiy drayverlari bölişi kutilmoqda. Şu bilan birga uşbu davrda qişloq xöjaligida ösiş surʼati 5 foiz atrofida bölişi prognoz qilindi.

Kutilmada körsatilişiça, ötgan yilga nisbatan inflyatsiya körsatkiçi 6,5 foizni qayd etgan bölsa, şu surʼatda 2028 yilga borib bu 5 foizga tuşişi mumkin.Şuningdek, konsolidatsiyalaşgan byudjet daromadlari uçun joriy yilgi kutilma 590 trln sömni (YAIMga nisbatan mos ravişda 27 foiz), xarajat esa 638 trln sömni (YAIMga nisbatan mos ravişda 29,2 foiz) körsatadi. Bunda mos davrdagi konsolidatsiyalaşgan byudjet daromadlari prognozi xarajatlarga nisbatan pasayişi kutilmoqda.
.png)
Joriy yilgi byudjet taqçilligi esa YAIMga nisbatan –3 foizga pasayişi prognoz qilingan.

Hujjatga köra, joriy yil yakunlariga nominal YAIM 2,183 kvadrillion sömni (taxminan 180 mlrd dollar) taşkil etişi mumkin. Bu davlat byudjeti töğrisidagi qonunda belgilangan körsatkiçdan 207 trln sömga köp.Yönalişlar kesimidagi kutilmalar
2027–2029 yillarda yuqori va barqaror iqtisodiy ösiş surʼatlarini taʼminlaşda asosiy yönalişlarda islohotlar va tarkibiy özgarişlar amalga oşirilişi inobatga olingan. Jumladan,
- “Navoiy KMK”da keyingi uç yilda umumiy qiymati 1,2 mlrd AQŞ dollarlik 5 ta yirik loyiha, “Olmaliq KMK”da esa 2,5 mlrd AQŞ dollarlik 4 ta yirik loyiha amalga oşiriş orqali metallurgiya sanoatida işlab çiqariş quvvatlari oşiriladi;
- avtomobilsozlikda yengil avtomobillar işlab çiqariş hajmini 1,5 barobarga oşirib, 700 ming donaga yetkaziş çoralari köriladi;
- elektrotexnika sanoatida qiymati 3,3 mlrd AQŞ dollarlik 121 ta yangi yuqori texnologiyali işlab çiqariş quvvati taşkil etiladi. Natijada, misni qayta işlaş hajmi 1,3 barobarga oşib, 145 ming tonnadan oşiriladi hamda jami elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 1,4 barobarga oşib, sohada qöşilgan qiymat uluşi 21 foizdan 30 foizga yetkaziladi;
- elektr energetikasida 11,7 GVt qöşimça quvvatlar, şu jumladan 2 GVt quyoş, 5,4 GVt şamol elektr stantsiyalari, 3,7 GVt zamonaviy issiqlik elektr stantsiyalari va 560 MVt elektr energiyasini saqlaş tizimlarini işga tuşiriş hisobiga 2028 yilga borib elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini 108,5 mlrd kVt/soatga yetkaziş közda tutilmoqda.
Qayd etilişiça, avtomobilsozlikda 2026 yil yakuniga qadar 510 ming dona yengil avtomobil işlab çiqariladi, jumladan, “UzAuto Motors” tomonidan 396 ming dona, “BYD Uzbekistan Factory” tomonidan 40 ming dona, “Volkswagen” tomonidan 5 ming dona hamda “ADM Jizzakh” tomonidan 69 ming dona avtomobil işlab çiqariladi.
Şuningdek, fazoviy-hududiy rejalaştiriş (spatial planning) tamoyillari asosida hududlarni kompleks rivojlantiriş, ularning iqtisodiy ixtisoslaşuvi va infratuzilma ehtiyojlarini inobatga olgan holda ösiş manbalarini kengaytiriş çoralari köriladi. Bunda Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlar böyiça fazoviy-hududiy strategiya hamda pilot sifatida “Yangi Özbekiston” maqomidagi 33 ta tuman va şaharlar böyiça fazoviy-hududiy rejalarni işlab çiqişga nufuzli xorijiy şaharsozlik kompaniyalari jalb etilmoqda.
Bundan taşqari, temir yöl transporti sohasida “Özbekiston–Qirğiziston–Xitoy” va “Özbekiston–Afğoniston–Pokiston” xalqaro temir yöl loyihalarida iştirok etiş, “Nukus–Miskin–Urganç–Buxoro” yangi tezyurar temir yöl liniyasini işga tuşiriş, şuningdek Toşkent şahrini Yangiyöl, Çinoz, Sirdaryo va Guliston şaharlari bilan boğlovçi şaharlararo tezyurar poyezdlar qatnovini yölga qöyiş çoralari amalga oşiriladi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Davlat budjetidan 2027-yilda 30,1 trln söm miqdorda subsidiyalar ajratilişi rejalaştirilmoqda. Bunda subsidiyalar miqdori 2026-yilda jami Davlat budjeti xarajatlarining 7,1 foizini taşkil etgan bölsa, uşbu körsatkiç 2027-yilda 6,6 foiz, 2029-yilga kelib 5,2 foizni taşkil etişi kutilmoqda.

Yaşirin iqtisodiyot
Yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişda naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytiriş, raqamlaştiriş va xavflarni aniqlaşga qaratilgan manzilli yondaşuvlar joriy etilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, kuzatilmaydigan iqtisodiyot darajasi 2019 yilgi YAIMning 50 foizidan 2025 yilga kelib 25 foiz atrofigaça kamaygan.

Bu körsatkiç kelgusi uç yil davomida 20 foizgaça tuşişi prognoz qilingan.
Makroiqtisodiy körsatkiçlar
Yuqoridagi şart-şaroitlar asosida şakllantirilgan prognozlarga köra örta muddatli davrda iqtisodiy ösiş örtaça 7 foiz atrofida saqlanib qolinişi kutilmoqda.

Xususan, YIMning real ösişi 2027 yilda 6,9 foiz, 2028 yilda 7,1 foiz va 2029 yilda 7,4 foiz darajasida şakllanib, aholi jon boşiga YIM hajmi 2027-yilgi 5 106 AQŞ dollaridan 2029 yilga borib 6 203 AQŞ dollarigaça oşişi prognoz qilinmoqda.









