Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori qabul qilindi. Qarorning töliq matni bilan quyida tanişişingiz mumkin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Iqtisodiyot sohalarida va aholi punktlarida hosil böladigan maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş, çiqindilarni qayta işlaşda yuqori texnologiyalar qöllaniladigan işlab çiqarişlarni joriy etiş, şuningdek, qulay investitsiya muhitini yaratiş orqali uşbu sohaga tadbirkorlik subʼektlarini keng jalb qiliş hamda davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida:
1. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi (keyingi örinlarda – Davlat ekologiya qömitasi), Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligining hududlarda maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşirişda davlat-xususiy şeriklikning yangi modelini bosqiçma-bosqiç joriy etiş töğrisidagi takliflari maʼqullansin.
Bunda, davlat şerigi – Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda Davlat ekologiya qömitasining hududiy organlari bilan xususiy şerik örtasida tuziladigan davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimga muvofiq:
a) davlat şerigi tomonidan:
maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmat körsatiş uçun tegişli hududlar xususiy şerikka biriktirib beriladi;
davlat korxonalari hisobidagi çiqindi poligonlari çiqindilarni saralaş va qayta işlaş böyiça texnologiyalarni tatbiq etgan holda qöşimça ravişda kapital qöyilmalar va investitsiyalarni jalb qiliş şarti bilan xususiy şerikka uzoq muddatga foydalanişga beriladi;
maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida xizmat körsatişga ixtisoslaşgan davlat korxonalari hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari xususiy şerikka yetti yilgaça muddatga bölib-bölib tölaş şarti bilan baholovçi taşkilotlar tomonidan belgilangan narxlarda sotiladi hamda loyiha yakuni böyiça tölovlar töliq tölab bölinganidan söng ularni tasarruf etiş huquqi xususiy şerikka ötkaziladi;
b) xususiy şerik tomonidan quyidagi majburiyatlar olinadi:
öziga biriktirib berilgan hududda yaşovçi aholining qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar bilan töliq qamrab olinişini taʼminlaş;
davlat-xususiy şeriklik bitimiga muvofiq investitsiyalar kiritiş va sanitariya jihatidan tozalaş infratuzilmasini rivojlantiriş;
maxsus avtotransport vositalari va texnikalari harakati hamda çiqindi poligonlarini real vaqt rejimida davlat şerigi tomonidan nazorat qiliş imkonini yaratiş;
qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar uçun jismoniy va yuridik şaxslardan tasdiqlangan narxlarda majburiy tölovlar yiğilişini va ularning hisobini yuritiş böyiça davlat şerigi tomonidan yaratilgan yagona elektron tizimga ulanilişini taʼminlaş;
davlat-xususiy şeriklik bitimida belgilangan muddatlarda çiqindilarni saralaş (qayta işlaş) texnologiyalarini örnatib, işga tuşiriş.
2. 2020-2021 yillarda maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlarini körsatiş sohasida amalga oşiriladigan davlat-xususiy şeriklik loyihalari böyiça “yöl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat ekologiya qömitasi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
a) quyidagilarga erişilişini taʼminlasin:
aholini maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar bilan qamrab oliş darajasini joriy yil yakuniga qadar 90 foizga, 2021 yil yakuniga qadar 100 foizga yetkaziş;
qattiq maişiy çiqindilarni qayta işlaş hajmini joriy yil yakuniga qadar 21,8 foizga, 2021 yil yakuniga qadar 36,5 foizga yetkaziş;
maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlarini taşkil etiş sohasida xususiy sektor uluşini 2022 yil yakuniga qadar 50 foizga yetkaziş;
b) davlat-xususiy şeriklik loyihalari doirasida maxsus avtotransport vositalari va texnikalarni sotişdan kelib tuşadigan mablağlarning maxsus bank hisob raqamida jamlanişini taʼminlasin hamda ularni maxsus avtotransport vositalari va texnikalar parkini yangilaşga, şuningdek, xalqaro moliya institutlaridan davlat kafilligi ostida olinadigan kredit mablağlari böyiça majburiyatlarni söndirişga yönaltirsin.
4. Belgilansinki 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
hududlarda maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmat körsatiş uçun majburiy tölov tariflari (xizmat körsatuvçi taşkilotlar tomonidan kelişilgan narxlarda amalga oşiriladigan alohida xizmatlar uçun tölovlar bundan mustasno) dastlab narxlarni (tariflarni) tartibga soliş organlari xulosalari olinib, keyinçalik tegişligiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari qarorlari bilan maʼqullanganidan söng tasdiqlanadi;
maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni kompleks amalga oşiriş klasterlariga xizmat körsatiş uçun belgilangan tartibda biriktirib berilgan hududlarda ikkilamçi xom aşyoni (metall parçalari va çiqindilarini sotib olişdan taşqari) qabul qiliş şoxobçalari orqali tayyorlaş (sotib oliş, qabul qiliş) mazkur klasterlar tomonidan amalga oşiriladi (mazkur hududda qayta işlovçi taşkilotlarning ikkilamçi xom aşyoni özlariga tegişli şoxobçalar orqali sotib olişi yoki qabul qilişi bundan mustasno);
maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmatini körsatiş jarayonida, şuningdek, maişiy çiqindilarni töplaş şoxobçalari va saralaş punktlaridan maişiy çiqindilar tarkibidagi ikkilamçi xom aşyoni maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida xizmat körsatişga ixtisoslaşgan taşkilotlarning roziligisiz ajratib oliş va özlaştiriş taqiqlanadi;
maişiy çiqindilarni taşiş, saralaş, utilizatsiya qiliş va qayta işlaş uçun tegişli texnologiya va quvvatlarga ega klasterlarning yangilanib boruvçi röyxati, şuningdek, ularga xizmat körsatiş uçun biriktirib berilgan hududlar töğrisidagi maʼlumotlar Davlat ekologiya qömitasi tomonidan şakllantiriladi hamda uning rasmiy veb-saytida joylaştiriladi.
5. Şunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
a) binolar va inşootlar, şu jumladan, yöllar va muhandislik kommunikatsiyalarini quriş, rekonstruktsiya qiliş, taʼmirlaş yoki buziş işlarida (keyingi örinlarda – quriliş işlari) hosil böladigan quriliş çiqindilari birinçi navbatda takroriy foydalaniş, qayta işlaşga yoki utilizatsiya qilişga yönaltiriladi;
b) quriliş işlari amalga oşirilayotgan obʼekt joylaşgan hududda (tuman yoki şahar) quriliş çiqindilarini utilizatsiya qiliş va qayta işlaş uçun tegişli texnologiya va quvvatlarga ega korxonalar mavjud bölmagan taqdirdagina ularni belgilangan tartibda çiqindi poligonlariga joylaştirişga yöl qöyiladi;
v) quriliş işlari böyiça loyiha hujjatlarini işlab çiqişda quriliş jarayonida hosil böladigan quriliş çiqindilari hajmlarini va ularni töplaş joylarini belgilaş, şuningdek, ular bilan boğliq işlarni amalga oşiriş böyiça loyihaviy yeçimlar nazarda tutiladi;
g) yangi quriladigan köp xonadonli uylar joylaşişi rejalaştirilgan turar joy zonalarida:
maişiy çiqindilarni töplaş şoxobçalarini taşkil etişga bölgan talab maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida mazkur hududga xizmat körsatuvçi ixtisoslaşgan taşkilot bilan birgalikda örganiladi va quriliş uçun yer uçastkalarini ajratiş (tanlaş) materiallari, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining atrof-muhitga taʼsirini baholaş materiallarida nazarda tutiladi;
xonadonlar soni 300 tadan ortiq bölgan köp qavatli uy-joylar maişiy çiqindilarni töplaş şoxobçalari bilan taʼminlanmagan bölsa, foydalanişga qabul qilişga ruxsat berilmaydi;
d) quriliş işlarini amalga oşiriş natijasida hosil bölgan quriliş çiqindilarining mulkdori bölgan yuridik va jismoniy şaxslarga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
quriliş işlari olib borilayotgan obʼektlarda hosil böladigan çiqindilarni saralangan holda töplaş va vaqtinça saqlaş;
quriliş çiqindilarini ularni töplaş, taşiş, utilizatsiya qiliş va (yoki) qayta işlaş bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslarga topşiriş, realizatsiya qiliş yoxud bu işlarni öz kuçi bilan amalga oşiriş;
quriliş çiqindilari poligonlarga joylaştiriladigan taqdirda çiqindilarni olib çiqib ketiş böyiça xizmat körsatişga ixtisoslaşgan taşkilotlar yoki çiqindi poligoniga ega bölgan taşkilotlar bilan tegişli şartnoma tuziş;
ye) quriliş çiqindilarini taşiş bilan şuğullanuvçi yuridik yoki jismoniy şaxslar mazkur xizmatlarni körsatişda ularning quriliş çiqindilarini utilizatsiya qiliş va (yoki) qayta işlaş bilan şuğullanuvçi taşkilotlarga topşiriş (realizatsiya qiliş) yoxud çiqindi poligoniga joylaştirişni nazarda tutuvçi hujjatlarga ega bölişi lozim.
6. Quyidagilar:
2020-2021 yillarda mahalliy byudjetlar mablağlari hisobidan quriliş va maişiy çiqindi poligonlarini quriş hamda jihozlaş böyiça manzilli dasturlar 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari tomonidan 2020-2021 yillarda çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida erişilişi taʼminlanadigan maqsadli indikatorlar 4.1-4.13-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi PQ-2916-son qarori bilan taşkil qilingan Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tizimini muvofiqlaştiriş va takomillaştiriş böyiça Respublika komissiyasiga (Ramatov) mazkur bandda nazarda tutilgan manzilli dasturlarga va maqsadli indikatorlarga özgartişlar kiritiş huquqi berilsin.
7. Belgilab qöyilsinki, 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
aholi tomonidan Davlat ekologiya qömitasining Internet tarmoğidagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda belgilangan tartibda körib çiqiladi;
huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan şaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining ön beş foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi;
huquqbuzarlik holatlari töğrisida yuborilgan fotosuratlar va videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning şaxsini aniqlaş Davlat ekologiya qömitasining hududiy organlari söroviga asosan içki işlar organlari tomonidan amalga oşiriladi;
huquqbuzarlik holatlari töğrisidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan şaxslar töğrisidagi maʼlumotlarning oşkor etilişiga yöl qöyilmaydi.
8. Davlat ekologiya qömitasi:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvarga qadar barça hududlardagi aholiga atrof-muhit, şu jumladan, maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlar holati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş imkonini beruvçi, bu boradagi huquqbuzarliklar töğrisidagi foto va video materiallarni joylaştiriş imkoniyatiga ega bölgan Internetdagi maxsus axborot tizimini yaratiş hamda har bir xabar berilgan holat böyiça tezkor çoralar köriş tizimining joriy qilinişini taʼminlasin;
çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşirişda ekologik tarbiya va tarğibotni samarali taşkil etiş hamda jamoatçilik ekologik nazoratini amalga oşirişda fuqarolar, nodavlat notijorat taşkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlik qilsin;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş holati haqida jamoatçilik xabardorligini oşirişga qaratilgan axborot-tahlil va media materiallarini tayyorlaş, ekologik madaniyatni oşiriş, huquqbuzarliklarning öz vaqtida oldini oliş çoralarini kuçaytirsin;
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi bilan birgalikda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan ekologik nazoratning jamoatçi inspektorlari tizimini şakllantiriş işlarini muvofiqlaştirsin.
9. Davlat ekologiya qömitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
“Işga marhamat” monomarkazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga öqitiş markazlarida zamonaviy könikmalar asosida çiqindilarni qayta işlaş bilan şuğullanuvçi xodimlarni tayyorlaşni, qayta tayyorlaşni va malakasini oşirişni hamda bu borada işsiz fuqarolarning bandligini;
çiqindilarni qayta işlaş jarayoniga çet eldan yangi texnologiyalar jalb etilgan taqdirda, ulardan foydalanişga örgatiş böyiça “Işga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga öqitiş markazlaridagi taʼlim jarayonlariga mazkur texnologiyalarni işlab çiqaruvçi taşkilotlar vakillari yoki ulardan foydalaniş könikmalari mavjud bölgan yetuk xorijiy mutaxassislar, şu jumladan, videokonferentsaloqa vositalari orqali jalb etilişini taʼminlab borsin.
10. Davlat ekologiya qömitasi Atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida faoliyat körsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazida (keyingi örinlarda – Markaz) maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida xizmat körsatişga ixtisoslaşgan taşkilotlar mutaxassislarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça öquv kurslarini yölga qöysin.
Belgilansinki, 2022 yil 1 yanvarga qadar maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida xizmat körsatişga ixtisoslaşgan xususiy taşkilotlar mutaxassislarini Markazda qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş xarajatlarining 50 foizi Davlat ekologiya qömitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi “Özavtosanoat” AK bilan birgalikda uç oy muddatda respublikada işlab çiqarilayotgan maişiy çiqindilarni taşişga möljallangan maxsus texnikalar tannarxlarini qayta körib çiqib, ularni pasaytiriş çoralarini körsin.
12. Davlat ekologiya qömitasi Vazirlar Mahkamasiga 2021 yil 1 yanvarga qadar:
maişiy va quriliş çiqindilarini belgilanmagan joylarga taşlaganlik uçun jarima sanktsiyalari miqdorini oşiriş, maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida huquqbuzarlik sodir etganlik uçun fuqarolar va mansabdor şaxslarning javobgarligini kuçaytirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini;
Quriliş vazirligi bilan birgalikda Quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom loyihasini;
yangi tahrirdagi “Çiqindilar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasini kiritsin.
13. Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgaça taʼlim vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi:
bir oy muddatda çiqindilarni olib çiqib ketiş böyiça xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan öz tizimidagi taşkilotlar örtasidagi debitor va kreditor qarzdorlik holatini tahlil qilsin hamda ularni kamaytiriş yuzasidan zarur çoralarni amalga oşirsin;
2021 yildan boşlab byudjet taşkilotlarining xarajatlar smetalarini moliya organlarida röyxatdan ötkazişda maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça kommunal xizmatlar haqini tölaş va çiqindi konteynerlarini xarid qiliş bilan boğliq xarajatlarga yetarli byudjet mablağlari nazarda tutilişini nazorat qilsin.
14. Içki işlar vazirligi Davlat ekologiya qömitasi, Transport vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hamda Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda:
uşbu qaror va çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasidagi boşqa qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi yuzasidan nazorat va tarğibot işlarini kuçaytirsin;
maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni kompleks amalga oşiriş klasterlariga biriktirilgan hududlarda çiqindilarni tayyorlaş (sotib oliş, qabul qiliş), taşiş va realizatsiya qiliş bilan boğliq faoliyatga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilişi ustidan nazorat örnatsin.
15. Maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş maqsadida mazkur qaror quyidagi tartibda ijro etilsin:
a) Boş vazirning birinçi örinbosari – Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tizimini muvofiqlaştiriş va takomillaştiriş böyiça respublika komissiyasi raisi A.Ramatov:
mazkur qaror ijrosining öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini taʼminlasin, hududlarga çiqqan holda belgilangan çora-tadbirlarning bajarilişini örgansin, masʼul vazirlik va idoralarning samarali faoliyatini taşkil etsin hamda muvofiqlaştirsin, aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etib borsin;
mazkur qarorning 2 va 3-ilovalariga muvofiq çiqindilarni utilizatsiya qiliş, qayta işlaş va kömiş bilan boğliq işlarni kompleks amalga oşiriş böyiça zamonaviy çiqindi poligonlari taşkil etilişini, şuningdek, keyinçalik belgilangan tartibda özlariga beriş şarti bilan poligonlarni quriş işlariga xususiy şeriklarning jalb qilinişini taʼminlasin;
2021 yil 1 iyunga qadar quyidagilarni öz içiga olgan quriliş çiqindilari poligonlarini mahalliy byudjet mablağlari hisobidan quriş va jihozlaş böyiça 2022-2023 yillarga möljallangan manzilli dasturni tasdiqlaşni nazarda tutuvçi Hukumat qarori qabul qilinişini taʼminlasin:
Toşkent şahrida hosil böladigan quriliş çiqindilarini joylaştiriş uçun Toşkent viloyatining kamida uçta hududidan quriliş çiqindi poligonlarini qurişga har biri 5 gektardan kam bölmagan yer maydonini belgilangan tartibda ajratiş, quriş va jihozlaş;
viloyatlar markazlari, yirik şaharlar va Nukus şahri uçun quriliş çiqindi poligonlarini qurişga 5 gektardan kam bölmagan yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratiş, quriş va jihozlaş;
b) Davlat ekologiya qömitasi raisining birinçi örinbosari N.Oblomurodov:
mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq hududlarda maişiy çiqindilarni töplaş, olib çiqib ketiş va qayta işlaş böyiça davlat-xususiy şeriklik loyihalari amalga oşirilişini taʼminlasin;
maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni boşqariş tizimini takomillaştiriş yuzasidan belgilangan çora-tadbirlarning töliq amalga oşirilişini taʼminlasin hamda bu sohada davlat ekologik nazoratini kuçaytirsin;
v) Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi direktori Ğ.Xoljigitov:
loyiha taşabbuskorlariga davlat-xususiy şeriklik loyihalarini amalga oşirişda, şu jumladan, aniq loyihalarning kontseptsiyalari, bitimlari hamda tender hujjatlarini işlab çiqişda kömaklaşsin;
mazkur sohada davlat-xususiy şeriklik loyihalari bajarilişining borişi yuzasidan monitoringni amalga oşirsin;
g) Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi va viloyatlar hokimlari:
tegişli hududlarda davlat-xususiy şeriklik loyihalari amalga oşirilişida tadbirkorlik subʼektlariga har tomonlama kömaklaşsin;
mazkur qarorning 2 va 3-ilovalaridagi manzilli dasturlarni amalga oşiriş uçun mahalliy byudjetdan talab etiladigan zarur mablağlarni öz vaqtida aniqlasin va ajratsin;
mazkur qarorning 4.1-4.13-ilovalariga muvofiq 2020-2021 yillarda çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasidagi maqsadli indikatorlarga sözsiz erişilişini taʼminlasin;
2021 yilda mahalliy byudjetlar hisobidan qurilgan va xususiy şeriklar jalb etilmagan poligonlarni boşqarişni Davlat ekologiya qömitasining “Toza hudud” davlat unitar korxonalariga topşirişni taʼminlasin.
16. Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq özgartirişlar va qöşimça kiritilsin.
17. Davlat ekologiya qömitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari A.J.Ramatov zimmasiga yuklansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Şavkat Mirziyoyev
Toşkent şahri, 2020 yil 29 sentyabr









