Keça, 5 may kuni Farğona viloyatida jinoyat işlari böyiça Toşloq tuman sudi binosidan 4 nafar sudlanuvçi qoçib ketdi. Bu haqda “Xalq sözi” xabar bermoqda.
Maʼlum bölişiça, ularga nisbatan dastlabki tergovda “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllanilgan bölib, ular içki işlar organlari kuzatuvi va nazorati ostida sud majlisiga olib kelingandi. Kutilmaganda törtovlon binoning yertöla qismidagi orqa devordan oşib, qoçib qolgan.
Farğona viloyat sudi rasmiy vakilining qayd etişiça, tezkor çora-tadbirlar natijasida sudlanuvçilar şu kunning özidayoq viloyat hududida uşlangan.









