16 mart kuni Namangan şahri Islom Karimov köçasida xizmat olib borayotgan YPX xodimini urib yuborib, voqea joyidan qoçib ketgan Lacetti haydovçisining şaxsiga aniqlik kiritildi, deb xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, Lacetti haydovçisi YPX inspektorining töxtaş işorasiga böysuniş örniga uni urib yuborib, voqea joyidan qoçib ketgan.
Oqibatda inspektor Soliyev boş miya çayqalişi, öng son yuqori sohasi yumşoq töqimalarining yengil şikastlanişi taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Xodimlar tomonidan qidiruv va suriştiruv işlari natijasida hodisa sababçisining şaxsiga oydinlik kiritilgan va avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirilgan.









