Ağdarilgan «Epika» haydovçisi qoçib ketdi

Ağdarilgan «Epika» haydovçisi qoçib ketdi

2022 yil 8 mart kuni soat 23:30 larda Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tuman Amir Temur köçasida «Spark» va «Epika» rusumli transport vositalari iştirokida YTH sodir bölgan.

Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, fuqaro F.M.ga tegişli bölgan «Epika» rusumli avtotransport vositasi hozirda şaxsi noʼmalum haydovçi boşqaruvida yuqori tezlikda yölning qatnov qismi çetida turgan Q.U.ga tegişli bölgan «Spark» rusumli avtotransport vositasiga borib urilgan. Söng boşqaruvni yöqotib, ağdarilib ketgan.

Hodisa sodir bölgan joydan «Epika» rusumli transport vositasi haydovçisi ketib qolgan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan Yakkaboğ tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

×