Zelenskiy G20 sammitiga borişi şartini aytdi

Zelenskiy G20 sammitiga borişi şartini aytdi

Noyabr oyida Indoneziyada bölib ötadigan G20 sammitiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin borsa, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy unda iştirok etmaydi.

Kiyevdagi brifingda Zelenskiy jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, G20 ning boşqa aʼzolari iştirokini kuzatmasligini aytdi.

“Mening va Ukrainaning şaxsiy pozitsiyasi şundan iborat ediki, agar Rossiya Federatsiyasi rahbari iştirok etsa, Ukraina qatnaşmaydi”, dedi Zelenskiy.

Şu bilan birga, Prezident Zelenskiy Ukraina bölajak sammitga tayyorgarlik körayotganini qöşimça qildi.

U bugun Indoneziya Prezidenti bilan sammitga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilganini ham eslatdi.

“Har qanday holatda ham bugun bizni yana taklif qilişdi. Köramiz, sanoqli kunlar qoldi”, deydi Zelenskiy.

Navbatdagi G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bölib ötadi. Taklif etilgan davlatlar orasida, xususan, Ukraina ham bor. Sammit kun tartibida tinçlik, salomatlik, raqamli transformatsiya va barqaror energiyaga ötiş kabi masalalar bor.


×