Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning öq-dorilar omboridagi favqulodda vaziyatdan keyin isteʼfosini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Berik Uali xabar berdi.
26 avgust kuni Qozoğiston Mudofaa vazirligi Jambil viloyatida muhandislik öq-dorilar saqlanadigan harbiy qism omborida yonğin sodir bölgani haqida xabar berdi. Kamida önta portlaş sodir bölgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga köra, 100 ga yaqin jabrlanuvçilar şifoxonalarga yotqizilgan, ularning 49 nafari mahalliy favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari. Bölim 15 kişining ölgani va bedarak yöqolgan bir kişini qidiriş haqida xabar berdi.
"Prezident Qosim-Jomart Toqayev mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayevning hisobotini isteʼfoga çiqiş sörovi bilan körib çiqib, uni qabul qildi", — deb yozadi Uali instagramda.









