Keça, 22 noyabr kuni Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Qozoğiston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov boşçiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Harbiy-texnik hamkorlik masalalari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etilib, maxsus hujjatlar imzolangan. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Uçraşuvda qardoş xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarining joriy holati hamda istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etildi. Bu böyiça maxsus hujjatlar imzolandi.
Şu kunning özida Qozoğiston harbiy delegatsiyasi poytaxtimizdagi «Ğalaba boği” yodgorlik majmuasida bölib, u yerdagi “Matonat madhiyasi” majmuasi poyiga gulçambar qöydi, boğ içidan örin olgan “Şon-şaraf” muzeyidagi eksponatlar bilan yaqindan tanişdi.

Şundan söng delegatsiya aʼzolari Mudofaa vazirligi “Çimyon” toğ tayyorgarligi öquv-maşqlar markazi va Qurolli Kuçlar akademiyasi faoliyati bilan tanişdilar. Markaz hamda yetakçi oliy harbiy taʼlim muassasasida harbiy xizmatçilarning kasbiy professional mahoratini takomillaştirişga qaratilgan moddiy baza va yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlarni mehmonlar alohida eʼtirof etişdi.



Qozoğiston harbiy delegatsiyasining mamlakatimizga taşrifi dasturi bugun Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrugning “Termiz” dala öquv maydonida ötkazilayotgan “Hamkorlik-2021” özbek-qozoq öquvlarining faol bosqiçini kuzatiş bilan davom ettiriladi.









