Deputat Rasul Kuşerbayev: "Içki işlar vaziri isteʼfoga çiqadigan vaqt keldi"

Deputat Rasul Kuşerbayev: "Içki işlar vaziri isteʼfoga çiqadigan vaqt keldi"

- Axborot texnologiyalarining keng rivojlanişi va Prezident Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi ortidan amalda axborot va söz erkinligini taʼminlaş borasidagi özgarişlar sabab, bugun köp sohalar qatori huquqni muxofaza qiliş tizimidagi qonunbuziliş holatlari ham jamoatçilik tomonidan oçiq muhokama qilinmoqda.
 
Turli axborot manbalarida berilayotgan qiynoqlar bilan boğliq maʼlumotlar bu kabi salbiy illatlar afsuski tizimda uzoq yillar davom etib bugungi kunlarga ham ulanib ketayotganligini körsatmoqda: samarqandlik ayolning yeçintirilişi, içki işlar binosida odamning ölib qolişi, andijonlik fuqaroning qiynoqlarga solinişi, Boş prokuratura tergovçilarining “Bekobod işi” doirasida odamlarni şavqatsiz qiynoqqa solişi va kuni keça Andijonda qiynoqlar oqibatida bir insonning ölişi aslida inson huquqlarini taʼminlaşni böyniga olgan idoralarning ayrim “psixologik buzilgan” şaxslaridan oddiy odamlarni himoya qiladigan alohida kuçli tuzilma zarur bölib qolganligini körsatmoqda. Balki ombudsman vakolatlarini oşiriş kerakdir. Bilmadim...
 
Eng qiziği tizimga nisbatan ijodiy parodiya qilgan ijodkorlarni ham keçirim sörattiriş darajasiga yetib kelgan “farişta” tizim rahbariyati öz xodimlari qonunbuzilişining oğir körinişlariga yöl qöyganda ham hokisor xalq oldida heç bölmasa bir bor keçirim söramasa. Manmanlik va kibr ham şunçalikmi, ahir ularga vakolat bergan, köklarga kötarib siylagan şu xalq emasmi? Vaholanki tizimni kulguga olgan ijodkorlar ham tanqid qilayotgan boşqalar ham ular kabi “odam öldiriş” darajasiga borişmayapti.
 
Istaymizmi yöqmi har bir tizimdagi kamçilik yoki yutuq bevosita uşbu sohaga rahbarlik qilayotgan şasxlarning qobiliyati, xalqqa sodoqat, inson huquqlarini himoya qiliş yölida işni taşkil qila olişiga boğliq.
 
Afsuski jamoatçilikka maʼlum bölib qolayotgan sönggi voqealar(aslida bundan ham köp bölişi mumkin) içki işlar tizimiga rahbarlik qilib kelayotgan şaxslarning faoliyatiga bölgan yondoşuvni qayta körib çiqişni taqazo etmoqda. Hozirgi vazirimizni xalqparvar, deb eşitganman. Ammo bölib ötgan holatlar  ularning isteʼfo vaqti yetib kelganini körasatayapti.

Hurmatli vazirimiz xalq oldida tizimning obrösi tuşişi, odamlarning eʼtirozlari, xodimlarning bosar-tusarini bilmay IIBda qiynoq, öldiriş kabi işlarni “tabiiy holga aylanib” borişida eng minimal darajada bölsin aybdor. Va biz bu kabi işlarni ularning rahbarlik davrida köproq eşitayapmiz. 
 
Hozir eng muhimi tizimni fuqaro bilan inson sifatida munosabat qila oladigan darajada isloh qilişga tayyor, Prezident taşabbusi bilan inson huquqlarini taʼminlaş borasida qilinayotgan  işlarni  yuqori darajaga olib çiqişga qodir kadrlar bilan töldiriş va ortiqça yuklardan xalos etiş zarur.
 
Bizga xalq bergan vakolat, Prezident bildirgan işonçni inson huquqlarini buziş emas, taʼminlaş yölida işlatib, xalqni rozi qiliş uçun mehnat qiladigan “tili va işi bir” qonun himoyaçilari kerak. 

Rasul Kuşerbayev

×