Camarqandda tuğilgan Rustem Umerov – Ukraina mudofaa vaziri. U haqda nimalar maʼlum?

Camarqandda tuğilgan Rustem Umerov – Ukraina mudofaa vaziri. U haqda nimalar maʼlum?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3 centyabr kungi murojaatida Aleksey Reznikov mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgani, uning örnini Davlat mulki jamğarmasi raisi Rustem Umerov egallaşini maʼlum qildi.

Zelenskiy isteʼfo qarorini vazirlikka yangi qon kerakligi bilan izohlagan.

Ukrainaning yangi mudofaa vaziri Rustem Umerov 1982 yilning 19 aprelida Samarqand viloyati Bulunğur tumanida qrim tatar oilasida tuğilgan. Otasi Enver Umerov muhandis-texnolog, onasi Maryam Umerova muhandis-kimyogar bölgan.

1944 yil 18 may tunida şöro dohiysi Iosif Stalinning farmoni bilan 250 mingdan ziyod qrim tatarlari vatanidan badarğa qilingan edi.

Insoniyat tarixidagi eng mudhiş amaliyotlaridan biri sanalgan surgun payti Rustem Umerovning yaqinlari ham Özbekistondan qönim topgan.

Uşbu oila oradan 50 yil ötib, 1980-yillar oxiridagina vatani Qrimga qaytişga muvaffaq bölgan.

Rustem Umerov Ukraina Milliy boşqaruv akademiyasini moliya va kredit yönalişida tamomlagan.

Tadbirkorlik va işlab çiqariş faoliyati bilan birga jamoat işlarida ham faol qatnaşgan, xususan, qrim tatarlari manfaatlarini himoya qiluvçi taşkilotlarda işlagan.

Qrim tatarlarining milliy manfaatlarini himoya qiliş harakatida Özbekistonda uzoq yil yaşagan Mustafo Jamilov alohida örin tutadi. Siyosiy yetakçi bu boradagi saʼy-harakatlari uçun Nobel mukofotiga ham nomzod qilib körsatilgan.

Rustem Umerov Mustafo Jamilovning maslakdoşi sanaladi. U köp yillar M.Jamilovga maslahatçilik ham qilgan.

2019–2022 yillarda Ukraina parlamenti deputati sifatida qonunçilik sohasida faoliyat yuritgan R.Umerov garçi mudofaa sohasida tajribaga ega bölmasa-da, harbiy tizim unga begona emas.

U 2014 yildan qrimlik siyosiy mahkumlarni almaşiş masalalari bilan şuğullangan.

2022 yil Rossiya bosqinidan keyin esa Moskva bilan muzokaralarda qatnaşgan.  Şuningdek, u Ukraina prezidentining maxsus vakili sifatida harbiy-gumanitar kömak masalalarida xalqaro miqyosda muzokara olib borgan.

Zelenskiy tomonidan Qrim manfaatlarini bayroq qilib kelgan arbobning mudofaa vaziri etib tayinlanişi ramziy maʼnoga ham ega. Bu Ukraina maʼmuriyatining işğol ostidagi yarim orolni qaytarib oliş istagiga sodiq ekaniga işora qiladi.

Ukraina Rossiya bosqiniga qarşi kuraşda jangovar qiruvçi samolyotlar va olis masofaga uçadigan raketalarga muhtoj bölib turibdi. Uruşda buriliş yasaşi mumkin bölgan harbiy aslahalarni ğarblik hamkorlardan undiriş yangi vazir zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaşi şubhasiz.


×