Afğonlar Özbekistonga baklajkalardan yasalgan sollar yordamida suzib ötmoqda — OAV

Afğonlar Özbekistonga baklajkalardan yasalgan sollar yordamida suzib ötmoqda — OAV

Afğonistonlik qoçoqlar özbek—afğon çegarasidan ötgan Amudaryoni baklaşkalardan yasalgan sollarda kesib ötmoqda. Bu haqda «TASS» naşri Termizdagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, sönggi kunlarda bir neça guruh afğon qoçoqlari noqonuniy ravişda Özbekiston hududiga ötgan, şu bilan birga, mutaxassislar formadagi qurollangan odamlar Amudaryodan suzib ötganiga hayron. «Aniqlanişiça, afğonlar oqimi tez bölgan yetarliça çuqur daryodan suzib ötişda suv uçun möljallangan va yetarliça yuk kötarişga qodir böş baklaşkalardan yasalgan sollardan foydalanmoqda», — deyiladi manbada.

Uning qöşimça qilişiça, bu kabi arzon, saramali, yengil, ovoz çiqarmaydigan va işonçli suziş vositasini boşqariş oson. «Sanoqli daqiqalarda daryoni suzib ötgan qonunbuzarlarning baraçasi çegaraçilarimizga taslim bölgan», — deyiladi xabarda.

×