Köplab muhokamalarga sabab bölgan, "Namanganda mollar yoş bola va onasini suzib, tepkilab taşlagan"i aytilgan videoga Namangan viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat berdi
Joriy yilning 16 iyul kuni soat 19:30 da Namangan viloyati şoşilinç tez-tibbiy yordam markazining bergan xabariga köra, şu kuni soat 18:47da, Yangiqörğon tumani “Barkamol” mahallasida yaşovçi, 1968 yilda tuğilgan fuqaro A.O öziga tegişli bölgan qoramollarni boşqa hududdagi yer uçastkasidan yaşaş uyiga olib kelayotgan vaqtda, yaşaş uyi oldida öynab yurgan 2023 yilda tuğilgan X.R va uni himoya qilmoqçi bölgan onasi 1989 yilda tuğilgan fuqaro A.D. larni suzib, tan jarohati yetkazgan.

Yangiqörğon tumanlararo sud tibbiy ekspertizasining 22.07.2025 yildagi xulosasida fuqaro A.D. ga örtaça oğir va voyaga yetmagan R.X. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi körsatilgan.
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaz Namangan filialining bergan maʼlumotiga köra, jabrlanuvçilarga 18.07.2025 yilda yaşaş uyiga ruxsat berilib, hozirda yaşaş uyida ambulator şaroitda davolanmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.









