Buyuk Britaniyadagi Uorik universiteti olimlari olmos asosidagi yangi datçik yordamida saraton metastazlarini aniqlaş usulini işlab çiqdi. Bu haqdagi tadqiqot “Physical Review Applied” jurnalida eʼlon qilindi.
Qayd etilişiça, saraton hujayralari limfa tizimi orqali boşqa aʼzolarga tarqalişi mumkin. Limfa tugunlari zararlanganini aniqlaş uçun şifokorlar turli testlardan foydalanişadi, bu esa davolaş strategiyasini belgilaşda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi usullarda radioaktiv markerlar yoki kök böyoqlar qöllaniladi. Ammo radiofarmatsevtik moddalar hamma klinikalarda mavjud emas, böyoq esa bemorlarning qariyb 1 foizida allergik reaktsiyaga sabab böladi.
Britaniyalik fiziklarning yangi qurilmasi ixçam, portativ va xavfsiz. U olmosning noyob xususiyatlariga asoslanadi: NV-markazlar (azot atomlari va böşliqlardan hosil bölgan kristall panjara nuqsonlari) eng kiçik magnit maydon özgarişlarini ham qayd etişi mumkin. Sensor temir oksidi nanopartikullari bölgan magnit suyuqlikka reaktsiya qiladi. Uni ösmaga yuboriş orqali metastazlar qaysi limfa tugunlariga tarqalganini kuzatiş va jarrohlik paytida aniqroq olib taşlaş mumkin böladi.
“Biz sensorga ulangan boş qismini atigi 10 mm gaça kiçraytira oldik – bu endoskopiya va laparoskopiyada foydalaniş uçun yetarliça ixçam bölgan birinçi olmosli qurilma”, deydi tadqiqot muallifi Aleks Nyuman.
Qurilma 0,5 mm kub hajmdagi mikro-olmos va kiçik doimiy magnit yordamida işlaydi, şu sababli qöşimça katta elektronika talab etilmaydi. Şifokorlar yangilikni yuqori baholagan.
“Men kökrak bezi saratoni davosida muntazam ravişda magnitli navigatsiyadan foydalanaman. Bu anʼanaviy usullarda ustunlik beradi. Şuning uçun Uorik universiteti bilan hamkorlik va magnit texnologiyalarni yanada takomillaştiriş juda muhim”, deydi Koventri va Uorik şifoxonasi jarrohi Styuart Robertson.
Mutaxassislar kelajakda uşbu sensor öpka, jigar, içak va qizilöngaçdagi ösma turlarini aniqlaşda ham qöllanişi mumkin, deb hisoblamoqda.









