2021 yil 1 yanvardan Farğona viloyati böylab, uçuvçisiz uçadigan qurilmalar yordamida huquqbuzarliklar fiksatsiya qilinadi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Uşbu qurilmalar yordamida kunu-tun patrullik taşkil etilib, belgilangan tezlikka, yöl çiziqlariga, svetofor işoralariga amal qilmagan, piyodalar ötiş joylarida piyodalarga yöl bermagan haydovçilarni hamda tibbiy niqobdan foydalanmagan, jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarliklari aniqlanadi.
“Hurmatli fuqarolar maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib moliyaviy ziyon yetkaziş emas. Aksinça, inson hayoti va soğligiga daxldor bölgan qoidalarga amal qililişingizni taʼminlaşga qaratilgan”, deyiladi IIB xabarida.
Sunnatilla Abdullayev









