Aşraf Ğani davlat ğaznasidan 169 mln dollar öğirlagani aytilmoqda. Uning özi buni rad etdi

Aşraf Ğani davlat ğaznasidan 169 mln dollar öğirlagani aytilmoqda. Uning özi buni rad etdi

Afğonistondan qoçib ketgan prezident Aşraf Ğani davlat ğaznasidan 169 million dollar öğirlagan. Bu haqda Afğonistonning Tojikistondagi elçisi Muhammad Zohir Agbar Duşanbeda ötkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Elçi prezident Ğanining qoçişini «davlat va millatga xiyonat» deb atadi hamda uning «davlat ğaznasidan 169 million dollar öğirlaganini» maʼlum qildi.

Şu bilan birga, elçi Afğoniston boş vaziri örinbosari Amrulla Solihni davlat rahbari sifatida tan olişini aytdi.

«Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, prezident isteʼfoga çiqsa, qoçib ketsa yoki vafot etsa birinçi örinbosar prezidentning vazifalarini bajaradi, şuning uçun Amrulla Solih hozir davlat rahbaridir», — dedi elçi.

Agbar, şuningdek, Aşraf Ğanini xalqaro sudga olib borişlari uçun uni hibsga oliş haqidagi sörov bilan Interpolga murojaat qilişini aytdi

«RIA Novosti» xabariga köra, Interpolning Tojikistondagi Milliy markaziy byurosi direktori Şahriyor Nazriyevga Ğanini hibsga oliş haqida bunday murojaat kelib tuşmagan. «Avvalo ular (Afğoniston) Interpol boş kotibiga qidiruv haqida ariza bilan murojaat qilişi kerak, şundan söng biz buni körib çiqamiz», — dedi u.

15 avgust kuni «Tolibon» butun Afğoniston uning nazorati ostiga ötganini maʼlum qilgaç, mamlakat prezidenti Aşraf Ğani mamlakatdan uçib ketgani xabar berildi. Aşraf Ğani bilan birga Kobuldan rafiqasi Rula Ğani, yana ikki kişi, jumladan, maslahatçisi bilan birga çiqib ketgan. Bir neça kundan beri Ğanining qayerda ekanligi haqida rasmiy maʼlumot berilmayotgan edi.

Ğanining özi Facebook’dagi sahifasida davlat rahbarligidan mamlakatdagi qonli töqnaşuvlarning oldini oliş maqsadida isteʼfoga çiqqani haqida yozgan. Keyinçalik Aşraf Ğanining Kobuldan qoçayotgan vaqtida vertolyotga siğmaydigan darajada köp pullarni olib çiqib ketişga uringani töğrisida maʼlumotlar tarqalgan.

Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani özining Facebook orqali yöllagan videomurojaatida aytişiça, u xavfsizlik xizmati tomonidan mamlakatni tark etişga majbur qilingan. Ğani katta miqdordagi pulni olib çiqib ketganini rad etdi.

«Meni özim bilan pul olib ketganlikda ayblaşmoqda. Lekin bu hammasi yolğon, men ustimdagi köylak, salla va poyabzal bilan mamlakatni tark etdim, bitta sumkada bir neçta kitob olib ketoldim, xolos», — deydi Ğani.

Prezident Birlaşgan Arab Amirliklarida ekanini tasdiqladi. U Afğonistonga qaytiş böyiça maslahatlaşuv ötkazmoqda.

«Mamlakatni tark etişdan oldin, hokimiyatni tinç yöl bilan topşiriş uçun şart-şaroit yaratiş va Kobul xavfsizligini taʼminlaş böyiça muzokaralar olib boradigan delegatsiya topiş maqsadida «Tolibon» bilan iş olib bordim», — dedi Ğani.

U şuningdek, Afğonistonda tez orada tinçlik va barqarorlik hukm surişiga umid qilayotganini taʼkidlab ötdi.

×