Afğonistonning sobiq prezidenti Aşraf Ğani nega mamlakatdan qoçib ketganini oçiqladi.
“Tolibon” ötgan yilning 15 avgustida Kobulga kirib, nihoyat Afğonistonni nazorat ostiga oldi. Şundan söng mamlakatni tark etgan Ğani tösatdan çiqib ketgani uçun tanqid qilindi.
“Ketişimga sabab, men “Tolibon” va ularning tarafdorlariga Afğoniston prezidentini yana bir bor haqorat qiliş va uni hukumatning qonuniyligi haqidagi hujjatni imzolaşga majbur qiliş zavqini berişni istamaganim edi. Men heç qaçon qörqmaganman”, — deydi Ğani CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Afğoniston sobiq prezidentining sözlariga köra, dastlab u mamlakatni tark etiş niyatida bölmagan. U, şuningdek, katta miqdorda pul olib qoçib ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Eslatib ötamiz, 2021 yil avgust oyi boşida “Tolibon” afğon hukumat kuçlariga qarşi hujumni kuçaytirib, 15 avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni uruş tugaganini eʼlon qildi.
Avgust oyining sönggi ikki haftasida AQŞ harbiylari himoyasida bölgan Kobul aeroportidan Ğarb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afğonlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.
31 avgustga ötar keçasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQŞning Afğonistondagi qariyb 20 yillik harbiy iştirokiga yakun yasadi.









