Afğoniston poytaxti Qobuldagi Rossiya elçixonasining maʼlum qilişiça, Afğonistonning sobiq Prezidenti Aşraf Ğani mamlakatdan vertolyot töla pul bilan qoçib ketgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Xabarda taʼkidlanişiça, mamlakatda boşqaruv rejimini qulaşi Ğanining Afğonistondan qoçib ketişi bilan boğliq. Aytilişiça, Aşraf Ğani törtta avtomobilni pul bilan töldirgan va pullarning qolgan qismini esa vertolyotga joylaşga harakat qilgan. Biroq, pullarning barçasi siğmagani sababli aerodromda ham qolib ketgan.
Qayd etiş kerakki, Afğoniston Islom Respublikasi endi yöq. Keça, 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga ötdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bölgan Afğoniston Islom Amirligini qayta tuzmoqçi. Prezident Aşraf Ğani isteʼfo berganini hamda mamlakatni tark etganini maʼlum qildi.
Uning hozir qayerda ekani maʼlum emas. Bu borada turli tomondan har xil xabarlar kelmoqda. Şu vaqtga qadar sobiq Prezident Ğanining Tojikiston, Omon va Özbekistonda bölib turgani haqida axborot paydo böldi. Biroq, yakunda ularning heç biri öz tasdiğini topmadi. Katta ehtimol bilan u AQŞdan boşpana olmoqçi.









