Özbekistonning jami davlat qarzi 2021 yilda 28,4 mlrd dollarga yetişi mumkin. Moliya vazirligi buni xavfsiz darajada deb hisoblamoqda

Özbekistonning jami davlat qarzi 2021 yil yakunida 28,4 milliard dollarga (YAIMga nisbatan 44,9 foiz) yetişi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan «2021 yilgi fuqarolar uçun byudjet» loyihasida söz boradi.

Skrinşot: Moliya vazirligi

Davlat taşqi qarzi 2021 yil yakuniga qadar 25,5 milliard AQŞ dollari hisobida prognoz qilinmoqda, şundan 18 milliard dollari Özbekiston nomidan (hukumat) va 7,5 milliard dollari Özbekiston kafolati ostida jalb qilingan.

Skrinşot: Moliya vazirligi

Moliya vazirligining hisoblaşiça, ösiş dinamikasiga qaramay, davlat qarzi örtaça darajada, makroiqtisodiy baqarorlik uçun xavfsiz darajada (60 foiz atrofida) saqlanib qolmoqda.

2020 yilda davlat qarzining ösişi (kutilgan 22,8 milliard dollarga yoki YAIMning 39 foizi) koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini bartaraf etiş uçun qöşimça byudjet xarajatlarini moliyalaştiriş uçun jalb etilgan. Uşbu maqsadlar yölida Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hisobidan Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi taşkil etildi.

Skrinşot: Moliya vazirligi

2020 yildan boşlab taşqi qarzlarni Özbekiston nomidan va Özbekiston kafolati ostida jalb qilinişiga çeklovlar kiritildi. Taşqi qarzlarni Özbekiston nomidan va Özbekiston kafolati ostida jalb qilinişi böyiça yangidan imzolanayotgan kelişuvlar umumiy summasining çegaraviy hajmi 4 milliard AQŞ dollari miqdorida etib belgilandi. Biroq koronavirus pandemiyasi şaroitida hukumat tomonidan taşqi qarzning çegaraviy miqdori qayta körib çiqilişi zarur böldi. 2020 yilda taşqi qarzni jalb qiliş böyiça yangidan imzolanayotgan kelişuvlar hajmi 5,5 milliard dollar, 2021 yilda 5 milliard dollar hisobida bölişi loyiha qilindi.

Skrinşot: Moliya vazirligi

Davlat qarzini öz vaqtida va töliq qaytarilişini taʼminlaş uçun Moliya vazirligi Ğaznaçiligi huzurida Davlat qarziga xizmat körsatiş uçun kafolat jamğarmasi taşkil etilgan.

×