Toşkentdagi Afğoniston elçixonasi Afğonistonning sobiq prezidenti Aşraf Ğani Özbekistonda ekanligi haqida heç qanday maʼlumotga ega emas.
Avvalroq, New York Times Dohadagi muzokaralarda Afğoniston delegatsiyasining ismini oşkor qilmagan aʼzosiga iqtibos keltirgan holda, Ğanining rafiqasi Rula va ikki maslahatçisi bilan samolyotda Özbekistonga borgani haqida xabar bergandi. Keyinçalik Afğoniston prezidentining şaxsiy qöriqçisi Qatarning "Al-Jazira" telekanaliga Ğani Toşkentga uçib kelganini tasdiqladi.
"Biz bunday maʼlumotni tasdiqlay olmaymiz, çunki bizda bunday maʼlumot yöq", - dedi elçixona vakili matbuotdagi xabarlarga izoh berarkan.









