«Tolibon» harbiy salohiyatini namoyiş qildi

«Tolibon» harbiy salohiyatini namoyiş qildi

Uç yil avval, 15 avgust kuni «Tolibon» harakati Afğonistonda hokimiyat tepasiga qaytgan edi. Şu sana munosabati bilan bir paytlar AQŞ harbiy kontingenti qarorgohi bölgan Bagrom bazasida harbiy parad taşkil qilindi.

Paradda «Tolibon» harakatiga Aşraf Ğani maʼmuriyatidan meros bölib ötgan Ğarb davlatlari harbiy texnikasi, sovet davri aslahalari, şuningdek, vertolyotlar, qiruvçi uçoqlar namoyiş etilgan.

Bu kabi harbiy paradlar Afğonistonning boşqa şaharlarida ham ötkazilgan.

2021 yilning 15 avgust kuni «Tolibon» harakati AQŞ tomonidan dastaklangan Aşraf Ğani hokimiyati örniga davlat tepasiga kelgan, sobiq hukumat rahbariyati esa çet elga çiqib ketgan edi.

Toliblar 2021 yil 19 avgust kuni Afğoniston Islom Amirliklari tuzilganini rasman eʼlon qilar ekan, «barça davlatlar bilan yaxşi diplomatik va savdo aloqalarini yölga qöyiş» istagini bildirgandi.

Tahlilçilarga köra, ötgan 3 yil mobaynida «Tolibon» maʼmuriyati xavfsizlikni taʼminlaş va giyohvandlik moddalari tarqalişiga qarşi kuraş borasida yutuqlarga erişdi. Ammo hozirga qadar toliblar hukumatini dunyodagi biror bir davlat tan olgani yöq. Xalqaro hamjamiyat Kobul maʼmuriyatidan inklyuziv hukumat tuziş va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilişni talab qilib kelmoqda.

BMT Xavfsizlik kengaşi 2003 yilda «Tolibon»ni terrorçi taşkilot deb tan olgan.

Joriy yil iyun oyi boşida Qozoğiston «Tolibon»ni terroristik taşkilotlar röyxatidan çiqardi.

Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar va Adliya vazirliklari ham prezident Vladimir Putinga «Tolibon»ni taqiqlangan taşkilotlar röyxatidan çiqariş taklifi bilan murojaat qildi.

Moskva hozirça bunday qaror qabul qilgani yöq, ammo joriy yil iyul oyida Putin «Tolibon»ni terrorizmga qaşi kuraşda Rossiyaning ittifoqçisi deb atadi.

Özbekiston hukumati ham Afğoniston muvaqqat hukumati bilan faol muzokaralar yuritib kelmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev xalqaro maşvaratlarda dunyo hamjamiyati eʼtiborini yon qöşnimiz bölgan va köp millionli turkiy xalqlar istiqomat qilayotgan Afğonistondagi vaziyatga qaratib kelmoqda.


Teglar:
×