Bahodir Jalolov Olimpiada yöllanmasini qölga kiritdi

Bahodir Jalolov Olimpiada yöllanmasini qölga kiritdi

Iordaniyada boks böyiça Osiyo/Okeaniya mintaqalari uçun Tokio-2020 yölidagi litsenzion turnir davom etyapti. Keça, 8 mart kuni eng oğir vazn toifasida özbekistonlik Bahodir Jalolov (+91 kg) çorak final jangini ötkazdi.

Uşbu bahs ğolibga yarim final qatori Tokio-2020 yöllanmasini ham taqdim qilişi bilan yanada ahamiyatli edi. Bahraynlik Danis Latipovga qarşi ringga kötarilgan Jalolov jangda töliq ustunligini namoyiş qildi va işonçli ğalabani öz hisobiga yozib qöydi.

Şu tariqa Özbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya öyinlari uçun qölga kiritgan umumiy yöllanmalari ön yettitaga yetdi. Bahodir Jalolov esa Rio-2016 dan söng yana bir Olimpiya öyinlari litsenziyasiga ega çiqdi.

Avvalroq, Sanjar Tursunov va Bobousmon Baturov Olimpiada yöllanmasini qölga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Şu tariqa Özbekiston delegatsiyasining Tokio-2020 Olimpiya öyinlariga qölga kiritgan yöllanmalari soni 17 taga yetdi.

×