Rossiyada ommaviy muştlaşuvlarda qatnaşgan migrantlar mamlakatdan çiqarib yuboriladi

Rossiyada ommaviy muştlaşuvlarda qatnaşgan migrantlar mamlakatdan çiqarib yuboriladi

Ommaviy janjallarda qatnaşgan çet elliklar Rossiya hududidan çiqarib yuboriladi. Ularga qayta mamlakatga kiriş taqiqlab qöyildi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. 

Rossiyada sönggi paytlarda muhojirlar iştirokidagi mojarolar ommaviy janjallarga aylanib ketmoqda va bu janjallar oqibatida hatto amaldorlarga ham kuç işlatilib, davlat idoralarining normal faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlari ham kuzatilgan. 

Maʼlum bölişiça, çet el fuqarolari Amur, Moskva, Sverdlovsk viloyatlari va Doğiston Respublikasi, Moskva hamda Sankt-Peterburgda  töqnaşuvlar uyuştirgan va  jamoat tartibini buzganlarga 15 kunlik maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi. Şuningdek, maʼmuriy sud Rossiya Federatsiyasiga kirişni taqiqlovçi buyruq çiqargan.

“Qilingan xatti-harakatlari uçun uşbu xorij fuqarolarining Rossiyaga kirişiga yöl qöymaslik töğrisida qaror qabul qilindi. Agar ular Rossiya Federatsiyasi hududidan özlari çiqib ketmasa, deportatsiya qiliş çoralari köriladi”, deyiladi Içki işlar vazirligining rasmiy saytida.

Maʼlumot örnida, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 200 ga yaqin muhojir iştirokidagi sönggi yirik jang 13 iyulga ötar keçasi Moskvaning Kuzminki metrosi yonida bölib ötdi. Ularning yuzdan ortiği politsiya tomonidan hibsga olingan. Huquqni muhofaza qiliş idoralari maʼlumotlariga köra, mojaro maişiy asosda qirğiz va tojik diasporalari vakillari örtasida kelib çiqqan, ammo bunga boşqa Markaziy Osiyolik migrantlar ham aralaşgan.

×