Avvalroq, Özbekiston Prezidentining “Mamlakatimizda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) uç oy muddatda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga töliq ötişni taʼminlaş maqsadida işçi guruhini taşkil qilsin va aniq çora-tadbirlar hamda ularni moliyalaştiriş manbalari va hajmlarini nazarda tutuvçi “Yöl xaritasi”ni işlab çiqib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritişi belgilandi.
Şuningdek, 2020-2030 yillarda özbek tilini rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştirişning asosiy yönalişlari tasdiqlandi. Asosiy yönalişlar quyidagilarni nazarda tutadi:
a) taʼlim taşkilotlarida davlat tilini öqitiş tizimini yanada takomillaştiriş, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oşiriş sohasida:
• 2025 yilga qadar davlat maktabgaça taʼlim tizimida amaldagi maktabgaça taʼlim muassasalarining hududlarini kengaytiriş yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga özbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030 yilgaça esa 80 foizga yetkaziş;
• 2030 yilga qadar umumtaʼlim maktablarida öquv yillari uçun tayanç öquv rejalarida ona tili fanini öqitiş kölamini amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgaça oşiriş;
• oliy taʼlim muassasalarida özbek tili kafedralari sonini 2025 yilga qadar 120 taga, 2030 yilgaça esa 140 taga yetkaziş;
b) davlat tilining sofligini saqlaş, uni boyitib boriş va aholining nutq madaniyatini oşiriş sohasida:
• lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida “Özbekiston milliy qomusi” jildlarini naşr etişni bosqiçma-bosqiç köpaytirib boriş;
• 2020 yilda özbek tilining luğat boyligini oşiruvçi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli luğatlar yaratiş;
• teleradiokanallar suxandon-boşlovçilarining özbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oşiruvçi qayta tayyorlov kurslarida öqitiş tizimini joriy etiş va qamrovni 2030 yilgaça 100 foizga yetkaziş;









