Mirziyoyev mudofaani kuçaytiriş böyiça topşiriq berdi

Mirziyoyev mudofaani kuçaytiriş böyiça topşiriq berdi

zbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 2 yanvar kuni mudofaa qurilişi va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Yiğilişda qöşinlarning jangovar şayligi va jangovar qobiliyatini yanada oşiriş, ularni zamonaviy qurol-yaroğ va harbiy texnika bilan taʼminlaş, mavjud qurol-yaroğ namunalarini modernizatsiya qiliş, şuningdek, harbiy xizmatçilar, ularning oila aʼzolari va Qurolli Kuçlar faxriylarini ijtimoiy himoya qiliş masalalari muhokama qilingan.

Qöşinlarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi, boşqaruv organlari, birlaşmalar, qöşilma va qismlar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining faoliyat samaradorligini oşiriş böyiça bajarilgan işlar yuzasidan mudofaa vazirining hisoboti tinglangan. 

Yiğilişda milliy armiyani zamonaviy qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk bilan taʼminlaş, harbiy sanoat majmuini takomillaştiriş işlarini davom ettiriş muhimligi körsatib ötilgan. 

14 yanvar kuni nişonlanadigan Qurolli Kuçlar taşkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyaçilari kuniga bağişlangan bayram tadbirlarini yuksak saviyada tayyorlaş va ötkaziş masalalari ham körib çiqilgan. 

Yiğiliş yakunida davlat rahbari tomonidan Qurolli Kuçlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va mamlakat mudofaa qobiliyatini yuksaltiriş böyiça qator topşiriqlar berilgan. 


×