Namangan viloyat sudida xalq maslahatçilari bilan seminar maşğuloti bölib ötdi

Namangan viloyat sudida xalq maslahatçilari bilan seminar maşğuloti bölib ötdi

Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan jinoyat işlari böyiça tuman (şahar) sudlariga saylangan xalq maslahatçilari bilan ularning işlarni körişdagi roli, korruptsiyaga qarşi kuraşişning xalqaro-huquqiy asoslari mavzularida seminar maşğuloti bölib ötdi.

Namangan viloyat sudlari malaka hayʼati aʼzosi Samadjon Qodirovning raisligida ötgan yiğilişda Namangan viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati raisi Adxamjon Mirzayev, viloyat sudi sudyalari va xodimlari hamda sudlarga saylangan xalq maslahatçilari iştirok etişdi.

Seminarda, odil sudlovni amalga oşirişda halq maslaxatçilarining örni ham yuqori hisoblanişi, xalq maslahatçilari sudyaning barça huquqlaridan foydalanişi, ular sud majlisida işni köriş jarayonida kelib çiqadigan hamma masalalarni hal qilişda va hukm çiqarişda raislik qiluvçi bilan teng huquqqa ega ekanligi, işni körib çiquvçi sud organlarining tarkibi muhim ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida “Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga böysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi va bunday aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi”, deb belgilangan.

Viloyat sudi sudyasi J.Mamurov yiğilişda maʼruza qilib, sudyalar va xalq maslahatçilariga özlarining huquq va majburiyatlarini moneliksiz va samarali amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratilişi, odil sudlovni amalga oşiriş borasida sudyaning faoliyatiga har qanday tarzda aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bölişi, heç kim sudya va xalq maslahatçilariga tazyiq ötkazişga hamda muayyan jinoyat işi qanday hal etilişi lozimligini örgatişga haqli emasligini, işning xolisona körib çiqilişiga tösqinlik qiliş yoki noqonuniy qaror çiqarilişiga erişiş maqsadida sudyalarga, xalq maslahatçilariga har qanday taʼsir ötkaziş jinoiy javobgarlikka sabab bölişini tuşuntirib ötdi.

Şu bilan birga iştirokçilarga malaka hayʼatining rejasida belgilangan, yaʼni korruptsiyaga qarşi kuraşişning xalqaro-huquqiy asoslari haqida fikr yuritildi.

Xalq maslahatçilari amalda sudyalar bilan teng maqomga ega. Qaysi sud jarayoniga nazar solmang, xalq maslahatçilari ziyraklik bilan körsatmalarni eşitib, holatni oçişga xizmat qiladigan ötkir savollarni berayotganiga guvoh bölamiz. Sudlarda işlar mukammal körilib, sud hukmlari qarorlari kamdan kam holatlardagina özgarayotganida xalq maslahatçilarining salmoqli hissasi bor. Ilgarilari savollarni asosan sudya, prokuror, advokat bergan bölsa, endilikda bu uçlikka ikkala xalq maslahatçilari ham qöşildi. Bu öz-özidan sud işining odilligi taʼminlanişining garovi ekanligini köramiz, deydi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati raisi A.Mirzayev.

Seminarda xalq maslahatçilari ham özlarining fikr muloxazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob olişdi.

Mansurbek Darmanov, Namangan viloyat sudi malaka hayʼati kotibi

×