
Namangan viloyat hokimi Ş.Ş.Abdurazzaqov taşabbusi bilan Içki işlar organlari faoliyatining muvofiqlaştiriş bölimi profilaktika inspektorlari masʼulligida, mahalla fuqarolar yiğinlaridagi uyuşmagan yoşlar örtasida jinoyatçilikni oldini oliş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş ularni böş vaqtini mazmunli ötkaziş» hamda PF-6099 sonli farmoni ijrosi doirasida sportning» Minifutbol» turidan «Namangan şahar Içki işlar boşqarmasi boşliği kubogi» şahar final bosqiçi bölib ötdi.

Öyilar yakuniga köra 1-örinni Oromgoh mfy, 2-örinni Damboğ Mfy, 3-örinni Yangi hayot mfy uyuşmagan yoşlar qölga kiritişdi.

Taqdirlaş marosimida Namangan şahar Hokimi Ğ.O.Djamalov, şahar prokurori X.Adilov, şahar IIB boşliği podpolkovnik Ğ.Ğaniyev iştirok etişdi hamda ğolib va sovrindorlarga esdalik diplomlari va qimmatbaho sovğalar topşirildi.









