Yer bilan boğliq va oilaviy nizolarni oldini olişga bağişlangan seminar bölib ötdi

Yer bilan boğliq va oilaviy nizolarni oldini olişga bağişlangan seminar bölib ötdi

Özbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 27 fevraldagi Rayosat qarori bilan tasdiqlangan “YÖL XARITASI”ning 23-bandini ijrosini taʼminlaş maqsadida, Namangan viloyat sudi fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati raisi Abduraxmon Safayev raisligda, viloyat sudi sudyalari, kadastr xizmatlari xodimlari, notariuslar hamda mahalla va oilani qöllab quvvatlaş boşqarmasi vakillari  iştirokida Meros, uy-joy va oilaviy nizolar bilan boğliq işlarni sudlar tomonidan körişda notariuslar va kadastr xizmatlari faoliyatlarida aniqlangan kamçiliklar va kelgusida ularga yöl qöymaslik çora-tadbirlarini belgilab olişga bağişlangan seminar ötkazildi.

Qayd etilişiça, ötgan yillarga nisbatan oxirgi 2 yil içida viloyatimizda sudlar tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan notariuslar tomonidan amalga oşirilgan notarial harakatlarning soni birmunça kamaygan bölsada, ammo bunday salbiy holatlar ayrim hollarda uçrab turibdi. Buning oqibatida fuqarolarimizning qonuniy huquq va manfaatlari buzilib, ular öz buzilgan huquqlarini tiklaş uçun sudlarga murojaat qilib, özlarining köp vaqtlari va mablağlarini sarflaşga majbur bölmoqdalar.

Jumladan, 2019 yilda sudlar tomonidan  sudlar tomonidan notariuslar tomonidan amalga oşirilgan 12 ta notarial harakatlar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan bölsa, 2020 yilda 7 ta şunday holat amalga oşirilgan.

Yuqorida qayd etilgan notarial harakatlarning bekor qilinişi yoki haqiqiy emas deb topilişiga notariuslar tomonidan meros guvohnomalarini berilişida barça merosxörlarni doirasini töliq aniqlamaganliklari, ayrim m.f.y. lar tomonidan vafot etgan şaxsning barça merosxörlari haqida notöğri maʼlumotlar berilganligi, kadastr xizmatlari tomonidan meros qolgan uy-joyning sathi, uning joylaşuvi, undagi qurilgan qurilmalar haqida töliq va aniq maʼlumotlar berilmaganligi sabab bölgan.

Şuningdek, uy-joy nizolari böyiça kadastr xodimlari nizoli             uy-joy joylaşgan yoki qurilgan yer maydoni aynan kimga va qanday qonuniy asosga köra ajratilganligi, mulk huquqi kadastr xizmatlarida davlat röyxatiga olinganligi haqida sudlarga ayrim hollarda noaniq maʼlumotlar taqdim etişmoqda. Buning oqibatida işlarni sudlarda köriş jarayonida nizoli uy-joyni hamda qurilmalarni va boşqa obʼektlarni aynan vafot etgan şaxsga qonun böyiça tegişli bölganligi, xususan nizoli uy-joy va boşqa qurilmalarga qonun böyiça vafot etgan şaxsning mulk huquqi vujudga kelganligini aniqlaş imkoniyatlari çegaralanib, yakunda vafot etgan şaxsning merosxörlarini idorama-idora sarson bölib ortiqça vaqt sarflaşlariga sabab bölmoqda.

Şu bilan birga, ayrim fuqarolik işlarini köriş jarayonida nizoli obʼektlarni aynan daʼvo ariza körsatilgan hududda joylaşganligini real aniqlaş çoralari körilmaganligi, xususan nizoli yer maydoni yohud nizoli qurilmalar aynan daʼvogar yoki javobgarga tegişli bölgan yer uçastkalarida joylaşganligini körsatib berilmayotganligi, bu esa nizoni töğri uzil-kesil hal qiliş imkoniyatini çeklanişiga olib kelmoqda.

Bundan taşqari, sudlar tomonidan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini qaytariş haqidagi fuqarolik işlarini köriş jarayonida ayrim holatlarda kadastr xizmati vakillari tomonidan yer maydonlari lozim darajada xatlovdan ötkazilmaganligi, yaʼni masala mohiyati çuqur tahlil qilinmaganligi, zarur holatlarda joyiga borib örganilmaganligi oqibatida fuqarolar tomonidan özlariga tegişli bölmagan qişloq xöjaligiga tegişli bölgan yer maydonlari heç qanday huquqiy hujjatlarsiz egallab olinib, qişloq xöjaliliga möljallangan yer maydonlarida özboşimçalik bilan noqonuniy qurilmalar qurib olganliklari hamda uzoq muddatdan beri foydalanib kelayotganliklari kabi salbiy holatlar aniqlangan.

Maʼmuriy sudlar tomonidan ham   2020 yilda notariuslar xatti-harakatiga nisbatan 1 ta, kadastr xizmatlari xodimlari xatti-harakatlariga nisbatan 24 ta şikoyatlar körib çiqilgan bölib, 10 ta holatda kadastr xizmati xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) qonunga xilof deb topilib, şikoyatlar qanoatlantirilgan.

         Sudlar bilan mahalla va oilani qöllab quvvatlaş boşqarmasi örtasida özaro hamkorlik töğrisida memorandum imzolangan. 2020 yilda 1300 yaqin nikohdan ajratiş haqidagi işlar böyiça sudlarga mahalla
va oilani qöllab quvvatlaş bölimlarining xulosalari taqdim etilgan. 300 ga yaqin işlarda mahalla va oilani qöllab quvvatlaş bölimlari bevosita sudlarda iştirok etişgan. Hamkorlikda amalga oşirilayotgan işlar natijasida viloyatimizda nikohdan ajratiş holatlari kamaygan.  Sudlar iş yuritvidagi 226 nafar ajraliş arafasida turgan oilalar yaraştirilgan.

Tadbirda kelgusida notarial haorakatlarni, kadastr xizmati faoliyatini şuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf etiş yuzasidan qayd etilgan kamçiliklarga yöl qöymaslik çoralari belgilab olindi.

Sardor Jöraboyev

Namangan viloyat sudi, fuqarolik işlari böyiça sudlov hayati

×