Tekşiruv quriliş işlari ruxsatnomalarsiz va qoidabuzarliklar bilan olib borilganini körsatdi. Quriliş işlari töxtatildi.
Avvalroq Toşkentdagi sobiq şampan zavodi hududida quriliş işlari olib borilayotganda obʼektni Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulab tuşgani va natijada bir neçta qabrga zarar yetgani haqida xabar bergan edik.
Holat poytaxtning Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş hududiy inspektsiyasi xodimlari hamda boşqa taşkilotlar vakillari tomonidan örganildi.
Aniqlanişiça, hodisa Toşkent şahri Yaşnobod tumanidagi «Sultonali Maşhadiy» mahallasida joylaşgan tadbirkorlik obʼekti hududida qöşimça bino quriş uçun yer qaziş işlari olib borilayotganda sodir bölgan.
Tekşiruv davomida quriliş işlari tegişli ruxsatnomalarsiz, noqonuniy ravişda hamda belgilangan şaharsozlik normalari va talablarini buzgan holda amalga oşirilgani maʼlum böldi.
Şuningdek, qabriston devori va qabrlar quruvçilarning ehtiyotsizligi oqibatida buzilgani aniqlandi.
Maʼlum qilinişiça, hozirda quriliş işlari töxtatilgan. Quriliş taşkilotiga nisbatan 200 BHM, yaʼni 88 mln söm miqdorida maʼmuriy jarima qöllanilgan.









