Muftiy hazratlari boşçiligidagi ulamolarning navbatdagi taşrif manzili – NAMANGAN

Muftiy hazratlari boşçiligidagi ulamolarning navbatdagi taşrif manzili – NAMANGAN

Şu yil 14 iyun kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boşçiligidagi bir guruh ulamolarning Namangan viloyatiga taşriflari boşlanadi. Bu haqida Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Taşrif davomida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar, olis va çekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar iştirokida jome masjidlarda suhbatlar ötkazilişi va ehtiyojmand oilalar holidan xabar oliş kabi xayrli işlarni amalga oşiriş maqsad qilingan.

Şuningdek, viloyat ahlini yurtimizda bölayotgan özgarişlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qiliş bilan bir qatorda ularning dardu taşvişlariga kömaklaşiş, fikr-mulohazalarini tinglaş va diniy sohaga tegişli muammolarini joyida örganib, bartaraf etiş ham közda tutilgan.

Qolaversa, uşbu muloqot va tadbirlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Şoazim Minovarov, Din işlari böyiça qömita raisi Sodiqjon Toşboyev va boşqa mutasaddilar ham iştirok etişi rejalaştirilgan.

Alloh taolo ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!

×