Şayx hazratlari nega Özbekistondan çiqib ketişga majbur bölgan edi?

Şayx hazratlari nega Özbekistondan çiqib ketişga majbur bölgan edi?

Movarounnahr hududida islom olamida maşhur, ilm ahli hurmat qilgan köplab ulamolar yetişib çiqqan. Ulardan biri biz bilan zamondoş şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdir hazratlaridir.

Şayx hazratlari Özbekistonda siyosiy notinç davrlarda din peşvolari qatorida edi. Bu inson SSSR Oliy Kengaşining xalq deputati, Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi raisi – muftiysi, mustaqil Özbekistonning birinçi muftiysi bölgan. Ularning islom ilmiga baxşida umr yöllari past-balandliklar, turli diniy ğavğolar içra ötgan.

Hazratning ibratli asarlarini bilamiz, lekin qiyinçilikda, Vatandan yiroqda ötgan kunlaridan hamma ham xabardor emas. Şayxning öz yurtini taşlab ketişiga sabab bölgan voqealar şu vaqtgaça keng ommaga oçiqlanmagan va islom ilmi ahli mazkur voqealarga oydinlik kiritişni ep bilmagan edi.

ÖzA muxbiri Anora Sodiqova şayx hazratlarining farzandlari Ismoil Muhammad Sodiq bilan 1993 yilda hazratning muftiylikdan isteʼfoga çiqib, Özbekistonni tark etişi, hijratdagi hayoti, yurtga qaytiş sabablari, hayotiy tamoyillari haqida suhbatlaşdi.

"Ismoil Muhammad Sodiq öşa davrlarda otasining Özbekistonni tark etişlariga majbur qilgan sababni ularning hayotlariga tahdid bölganida, deb köradi hamda Tojikistonda kötarilgan fuqarolar uruşi bilan boğliq ekanligini aytadi.

Maʼlumki, 1993 yillar Tojikistonda fuqarolar uruşi avjiga çiqqan pallalar edi. Bu mamlakatda Islom uyğoniş partiyasi va yana 3 nomdagi siyosiy firqalar amaldagi hokimiyatga qarşi boş kötargan. Özbekistonda hazrat Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni mazkur partiyani qöllab-quvvatlaşda, moliyalaştirişda ayblaşgan. Şayxni bunday tuhmatda ayblaganlar uni Birinçi Prezident bilan aloqalarini buzişni maqsad qilgan edi. Şayx hazratlari bu iğvolarni rad etganlarida Tojikistondagi Islom uyğoniş harakati partiyasining işlari noörin ekanligi böyiça körsatma beriş söraladi.

Şunda Şayx hazratlari, yaʼni Özbekiston muftiysi Tojikiston musulmonlari xatti-harakatini qoralab çiqişi, Tojikistondagi özbeklarga zarar yetişini öylab, bunday körsatma berişdan boş tortadi. Oqibatda, iğvogarlar taşabbusi bilan diniy idora faoliyatida taftiş olib boriladi, hazratning hayotlariga tahdid qilinadi. Vaziyat oğir tus ola boşlagaç Şayx hazratlari ona-Vatanini tark etişga majbur böladi.

Şayxning Özbekistonni tark etiş sababini uning öğli Ismoil Muhammad Sodiq quyidagiça xotirlaydi.

— Tarixni örganamiz, tahlil qilamiz deymiz. Lekin, buning uçun juda köp omillarni hisobga olişga töğri keladi. Hozirgi kunda öşa vaqtni körmagan, u davrda yaşamagan odamlar özlari körmagan narsalarini tahlil qilişlari, menimça, notöğri böladi. Juda köp holatlar borki, guvoh bölmagan inson vaziyatni aniq bilmasdan töğri xulosaga bormasligi ehtimoli bor. Şu sababli öşa davrlarga baho berişda ehtiyot böliş lozim.

Yillar davomida yopiq bölgan davlat (Sovet Ittifoqi nazarda tutilmoqda), birdaniga oşkoralik, qaytaquriş, nisbatan söz erkinligiga yuz tutdi. Boşqa tizimda yaşab turgan odamlar, birdaniga yangi tizimga ötib qoldi. Şu jumladan, musulmonlarga ham nisbatan diniy erkinlik berildi. Erkinlik orqasidan musulmonlarga yaxşiliklar ham böldi, ammo mana şu erkinlikdan öz maqsadi böyiça foydalanmoqçi bölganlar topildi. Yangi partiyalar paydo böldi, ular öz şiorlari bilan çiqişdi va maʼlum islohotlarga erişişga urinişdi. Misol uçun, bir oilani boşqariş qiyin bölgandek, katta bir davlatni boşqariş ham muşkul, albatta. Xususan, davlatda özgarişlar bölib turgan vaqtda uni boşqariş yana ham murakkablaşadi. Hazratimiz ana şunday murakkab vaziyatda din peşvosi sifatida faoliyat yuritgan. Öşa vaqtlarda qöşni Tojikistonda fuqarolar uruşi röy berayotgan edi. Afğonistonda ham vaziyat öta notinç bölgan. Sovet ittifoq bölinib, yangi davlatlar şakllanayotgan davr edi. Markaziy Osiyo mintaqasining özi murakkab vaziyatda bölgan.

Hazratni yurtni taşlab çiqib ketişlariga juda köp omillar, sabablar bor edi. Öşa vaqtdagi hukumat bilan aloqalar, yurt içidagi musulmonlarning özaro kelişmovçiliklari tez-tez sodir bölib turardi. Xulosa qilib aytadigan bölsak, mana şu omillar sababidan hazrat özlarining hayotlari uçun xavf tuğilganini idrok etganlar. Özbekistondagi musulmonlar orasida ham Tojikistondagi kabi vaziyat yuzaga kelmasligi ehtimolini öylab, vatanni tark etişga majbur bölgan" - deydi Ismoil Muhammad Sodiq.

Manba: Aniq. Uz

×