Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni xastalik tufayli vafot etgani xabar qilingandi.
Bugun, 16 avgust, duşanba kuni muftiy hazratlarining janoza namozi va taʼziya marosimi Samarqand viloyati Iştixon tumani Orlot qişloği «Eşoni Temirxon Töra» (avvalgi «Orlot» masjidi) jome masjidida bölib ötdi.


Muftiy hazratlarini söngi manzilga kuzatiş marosimida taniqli ulamolar, davlat va jamoat taşkiloti vakillari, hazratimizning qavmu qarindoşlari, döstu birodarlari, şogird va muxlislari, Özbekistonning turli joylaridan hamyurtlarimiz, xorijdagi vatandoşlar va mömin-musulmonlardan iborat 10 mingdan ortiq jamoat iştirok etdi.









