Namanganda qöşmaçilik bilan şuğullangani uçun 6 marta javobgarlikka tortilgan ayolga 5 yil qamoq jazosi tayinlandi

Namanganda qöşmaçilik bilan şuğullangani uçun 6 marta javobgarlikka tortilgan ayolga 5 yil qamoq jazosi tayinlandi

Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudida qöşmaçilikni öziga kasb qilib olgan ayollarga nisbatan sud hukmi öqildi. Bu haqda «Daryo»ga JIB şahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalov maʼlum qildi.

Ulardan ikki nafari — Muhayyo Nosirova (ism-şariflar şartli) va Sayyora Qodirova mazkur jinoyatlari uçun birinçi marotaba sudlangan bölsa, Marğuba Şokirova uçun bu ikkinçisi yoki uçinçisi emas, naq yettinçi marotaba sudlanişi edi. Bu sudlanişlarning dastlabkisi 2009, oxirgisi esa 2018 yilda qayd etilgan.

Iş hujjatlariga köra, sudlanuvçi M.Şokirova muqaddam bir neça marotaba sudlanganligi, xavfli retsidivist ekanligiga qaramay, fohişaxona saqlaş, şuningdek, qöşmaçilik jinoyatini sodir etgan.

Jumladan, 2019 yilning 6 noyabr kuni soat 20:30 atrofida şeriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirib, S.Qodirovaga qaraşli Namangan şahri, 5a-kiçik tumandagi xonadonda 300 000 söm evaziga 4 nafar yigit-qiz jinsiy aloqa qilişi uçun şart-şaroit yaratib bergani aniqlangan.

Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida kimyoviy işlov berilgan pullar xolislar iştirokida tekşirib köriş uçun olingan, şuningdek, DVD disk daliliy aşyo sifatida eʼtirof etilgan.

Sud majlisida Muhayyo Şokirova unga nisbatan eʼlon qilingan ayblovga iqror emasligini bildirgan bölsa-da, uning aybi işda tekşirilgan holatlar, guvohlarning körsatmalari, sözlaşuv stenogrammasi va özining tergovdagi dastlabki körsatmasi bilan tasdiğini topdi.

Marğuba Şokirova Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi «b» bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Şeriklari Muhayyo Nosirova va Sayyora Qodirovaga esa tegişli ravişda 4 va 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

Manba: daryo. uz

×