Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majbur ekanligi qayd etilgan. Bugungi kunda eng dolzarb va muammoli masalalardan biri ota-onaning voyaga yetmagan farzandlari uçun aliment tölovini öz vaqtida bajarmasligi yoki bajarişdan böyin tovlaşi hisoblanadi. Ota-onalar boladan alohida yaşagan taqdirda bolaning tarbiyasi va uning taʼminoti masalalari muhim ahamiyatga egadir. Oila kodeksi oilani mustahkamlaş va voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini qöriqlaşning ustunligi tamoyilini nazarda tutadi va boşqa turdagi oilaviy munosabatlar qatori aliment undiriş masalasini ham tartibga soladi va bolalarga taʼminot berişda ota-onaning majburiyatlari tengligini belgilab beradi.
Voyaga yetmagan bolalarga aliment taʼminotini undiriş zarurati tuğilganda, eng avvalo, mazkur masala qonun hujjatlari bilan qanday tartibga solinganligini biliş kerak. Aliment ota-onadan aliment kelişuvi tuziş orqali ixtiyoriy yoki sud buyruği yoxud sudning hal qiluv qarori asosida majburiy undiriladi. Ota-ona aliment tölaş borasida özaro kelişuvga erişmagan taqdirda ota yoki ona aliment undiriş maqsadida sudga murojaat qiliş huquqiga ega. Oila kodeksining
96-moddasiga binoan voyaga yetmagan bolalariga taʼminot beriş majburiyatini ixtiyoriy ravişda bajarmagan ota yoki onadan sud buyruği yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi.
Sud buyruği yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminotidan böyin tovlagan ota-onalarga nisbatan qonunçilikda maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan. “Maʼmuriy javobgarlik tґöğrisida”gi kodesning
474-moddasiga köra, moddiy yordamga muhtoj bölgan voyaga yetmagan yoki mexnatga layoqatsiz şaxsni moddiy taʼminlaşdan böyin tovlaş, yaʼni ularni moddiy jixatldan taʼminlaş uçun sudning xal qiluv qaroriga asosan yoki sud buyruğiga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami bölib ikki oydan ortiq muddat mobaynida tölamaslik – ön beş sutka muddatga maʼmuriy qamoqa olişga yoki uşbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy qamoq qöllanilişi mumkin bölmagan şaxslarga nisbatan bazaviy xisoblaş miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solişga sabab bölişi nazarda tutilgan.
Şu örinda bir amaliy misolga eʼtibor qaratsak, Huquqbuzar M.Maksumov Fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 15 avgustdagi sud buyruğiga asosan moddiy yordamga muxtoj bölgan voyaga yetmagan farzandlari Z.Muradova, O.Muradova, M.Muradova va B.Muradovlarning taʼminoti uçun voyaga yetguniga qadar har oylik iş haqi va boşqa daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment tölaşi körsatilgan bölsada, jami 21 oydan ortiq vaqt mobaynida böyin tovlab, uni moddiy jihatdan taʼminlaş uçun sudning sud buyruğiga binoan undirilişi lozim bölgan aliment pullarini 2021 yil may holatiga 21 oy davomida jami 30.474.428 söm miqdoridagi aliment pullarini tölamasdan kelayotganligi aniqlangan.
Alementdan bölgan qarzdorlikni undiriş imkoni bölmaganligi sababli Majburiy ijro buyurosi qarzdorlikni ikki oy davomida tölamaganligi uçun tegişli maʼmuriy çora köriş uçun sudga taqdimnoma kiritgan.
Jinoyat işlari böyiça Namagan şahar sudi tomonidan uşbu jinoyat işi atrofliça körib çiqilib M.Maksimovga qonunda belgilangan tartibda 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan moddiy yordamga muxtoj bölgan voyaga yetmagan yoki mexnatga laqatsiz şaxsni moddiy taʼminlaşdan böyin tovlaş, yaʼni ularni moddiy jixatdan taʼminlaş uçun sudning xal qiluv qaroriga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami bölib ikki oydan ortiq muddat mobaynida tölamaslik, şunday qilmiş uçun maʼmuriy jazo qöllanilgandan keyin sodir etilgan bґlsa – ikki yilgaça axlox tuzatiş işlari yoki bir yilgaça ozodlikdan maxrum qiliş bilan jazolanişi közda tutilgan.
Muxtasar qilib aytganda, alimentni ixtiyoriy tölaş uçun ikki tomonning özaro kelişuvi ona-ona uçun xam, voyaga yetmagan farzandlarning manfaatlari uçun xam eng qulay va oson yeçimdir. Çunki ota-ona aliment tölaş borasida özaro kelişuvga erişgan taqdirda özlarining ortiqça vaqtlari va harajatlarini tejaş imkoniga ega böladi.
Davron Olimov
JIB Namangan şahar sudining sudyasi









