Frantsiya respublika prokurori Aleks Perren 8 iyun kuni mamlakat prezidenti Emmanuel Makronga tarsaki tuşirgan 28 yoşli Damen Tarelga tört oylik qamoq jazosi berilganini maʼlum qildi, deb yozmoqda Le Figaro.
Tarel jami 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq mazkur muddatning 14 oyida keçiktiruvçi sabablar mavjud, deya holatga aniqlik kiritgan BFMTV. Agar u qamoqxonada muddatni ötab bölganidan keyin işlasa yoki öqisa, psixolog kuzatuvi ostida yursa va yangi qoidabuzarliklar sodir etmasa, qamoqxonaga qaytarilmaydi.
Bundan taşqari Tarelga yaqin beş yil içida qöliga qurol oliş yoki uni saqlaş ham taqiqlab qöyildi, uç yil davomida davlat idoralaridagi lavozimlarda işlaş ham man etildi.
Tarelning işi ikki kun davomida körib çiqildi. U söroqlar vaqtida prezidentni tabiiy ravişda heç narsani öylamasdan urganligini va bu orqali öz noroziligini oşkor qilganini bildirdi. Şuningdek, 28 yoşli fuqaro «sariq nimçalilar» harakatiga yaqin ekanligi, biroq öng va ultra-öng qaraşlarga qöşilmasligini aytdi. U heç bir partiyaning aʼzosi emas va özini Örta asrlar va jang sanʼatlari mahalliy havaskorlar mangasi iştirokçisi ekanligini qayd etdi.
Prokuror sudlanuvçiga 18 oylik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşni söragan, Tarelning advokati esa mijozining boşqa bu kabi harakatlarni amalga oşirmasligini taʼkidlagan.
Tarel Makronni u Drom departamentiga borgan va mahalliy aholi bilan uçraşişga çiqqan vaqtida urgan. Hujum uyuştirganidan keyin uni hibsga olişgan.
Frantsiya prezidenti holat böyiça sudga şikoyat qilmadi va hodisaga ortiqça eʼtibor qaratmaslikka qaror qildi.









