Samarqandda 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan fuqaro şifoxonada vafot etdi.
Viloyat IIB bergan maʼlumotga köra, Oqdaryo tumni «Oytamğali» MFYda yaşagan fuqaro B.R. Payariq tumani sudi ajrimiga köra 2021 yilning fevralidan 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment tölaşi belgilangan bölsa-da, 2022 yil oktyabr oyiga qadar 23 mln söm miqdorida aliment va moddiy taʼminot pullarini tölamasdan kelganligi aniqlangan.
Şu tariqa JIB Oqdaryo tuman sudining joriy yil 25 oktyabrdagi qarori bilan B.R.ga MJtKning 47-4-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro B.R. maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan şaxslarni saqlaş uçun möljallangan Maxsus qabulxonaga 25 oktyabr kuni olib borilgan.
Maxsus qabulxona içida fuqaro B.R.ning ruhiy holati yomonlaşişi (tutqanoği tutib qolgan) natijasida yiqilib, boş qismi xona içidagi devor burçagiga urilib, tan jarohati olgan.
U bilan bir xonada saqlanayotganlar, şuningdek, maxsus qabulxona xodimlari unga zudlik bilan birinçi tez tibbiy yordam körsatişib, fuqaro RŞTYOIM Samarqand filialiga olib borilib, unga tibbiy yordam körsatilgan.
Maxsus qabulxonaga keltirilgandan söng ham fuqaro xona içida öziga-özi gapirib, ruhiyatida buziliş bölganligi sababli, Maxsus qabulxona boşliği xatiga asosan viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasiga uning ruhiy holatini tekşiriş uçun yuborilgan.
Fuqaro Urgut tumani «Halqobod» mahallasida joylaşgan viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasiga ötkazilganidan söng, 28 oktyabr kuni vafot etgan.
Ayni damda holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda marhumning ölimi sababiga aniqlik kiritiş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi, IIB xodimlari va şifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvlari tayinlangan.









