Namangan viloyatining Pop tumani hududidan ötuvçi avtomobil yölida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida bir haydovçi halok böldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Maʼlum qilinişiça, köngilsiz hodisa 29 may kuni soat 04:20 larda Toşkent—Öş A373 avtomobil yölining 1-kilometrida Samarqand viloyatidan kelayotgan Nexia-3 bilan sodir bölgan. Yengil maşina haydovçisining uxlab qolişini natijasida avtomobil yölning öng tarafidagi dönglikka borib urilgan.
Olingan tan jarohatlari oqibatida haydovçi voqea joyida vafot etgan.
Maşina içida bölgan yölovçilardan birining sözlariga köra, u harakatlaniş vaqtida bir neça bor 26 yoşli haydovçini uxlab qolayotgani, töxtatib dam olişi töğrisida ogohlantirgan. Biroq haydovçi 5-10 daqiqa dam olib, özini yaxşi his qilayotganini aytgan va harakatlanişni davom ettirgan.









