Namangan viloyati Pop tumani yölida ikki yuk maşinasi töqnaşgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. Viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Taʼkidlanişiça, 4R-112 Farğona halqa yöli avtomobil yölining 25-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk avtomaşinasi haydovçisi uxlab qolişi oqibatida svetaforning qizil çiroğida töxtab turgan treylerning orqasiga urilgan.
Hodisa oqibatida yuk avtomaşinasi haydovçisi boş miya jarohati bilan Pop tuman şifoxonasiga yotqizilgan. Treylerdagi 9 ta «Damas» texnik şikastlangan. Holat yuzasidan qöşimça suriştiruv işlari olib borilmoqda.
«Hurmatli haydovçilar, harakat vaqtida huşyorlikni yöqotmang! Çarçoq alomatlari sezilganda, avtomaşinani töxtatib, biroz dam oling!» deyilgan xabarda.









