Namanganda Malibu bilan töqnaşgan VAZ 2101 haydovçisi vafot etdi

Namanganda Malibu bilan töqnaşgan VAZ 2101 haydovçisi vafot etdi

Namangan viloyatida asosiy yöldan kelayotgan Malibu va VAZ 2101 maşinalari töqnaşdi. Oqibatda VAZ 2101 haydovçisi şifoxonada vafot etdi.


Namanganda Malibu va VAZ 2101 iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi, deya xabar qildi viloyat YHXB.

15 noyabr kuni soat 09:30 larda Kosonsoy — Töraqörğon avtomobil yölining 22-kmda 1960 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvida bölgan VAZ 2101 avtomaşinasi ikkinçi darajali yöldan asosiy yölga çiqayotgan vaqtda çap tomondan kelayotgan Malibu`ni ötkazib yubormay, harakatini davom ettirgan.

Oqibatda ikki maşina töqnaşgan. VAZ 2101 haydovçisi jarohat olib tuman şifoxonasida vafot etgan.




×