Rulda uxlab qolgan andijonlik haydovçi ikki kişini urib yubordi. Piyodalar vafot etdi

Rulda uxlab qolgan andijonlik haydovçi ikki kişini urib yubordi. Piyodalar vafot etdi

15 sentyabr kuni soat 08:30larda Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida yaşovçi 24 yoşli R.R. boşqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomaşinasini Toşkent viloyatining Ohangaron tumani Oybuloq mahallasi hududidan ötuvçi “Guliston-Böka-Angren-Qöqon-Andijon-Öş” yölining 126-km.da boşqarib ketayotib, uxlab qolişi oqibatida yöl çetiga çiqib ketib piyodalar, Böka tumanida yaşaganlar 36 yoşli Ö.A. va 34 yoşli Ş.N.larni urib yuborgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabar qildi.

Natijada Ö.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ş.N. kasalxonaga yotqizilgan hamda körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×