Ayol – mehrdan, muhabbatdan yaralgan. Nozik qalbli bölsa-da, tabiati toş kelsa kemirib, suv kelsa simirib yaşaşga moslaşgan, toğdek metin bardoşi bilan zimmasiga hayotning mayda çigal taşvişlari, yeçimi tugamas muammolarini ortmoqlab olganligi ayni haqiqat.
2021 yil davomida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2020 yildagiga qaraganda sezilarli darajada ortgan.
Haqli savol tuğiladi. Nega ayollar, qizlar jinoyat köçasiga kirib qolmoqdalar? Ularni bu işga nima majbur qilyapti? Ayrim jinoyatlarni örganib, tahlil qilişga urindik.
Heç kuzatganmisiz? Biror oilada nizolar sabab vaziyat er va xotinning ajralişini taqozo etsa, şubhasiz, bunday paytda barça ayblar va ehtimolki, rözğorning oğir yuki osongina ojizalar yelkasiga yuklanib qolaveradi. Göyoki ayol bir umr qiyinçilik va zahmatlarni tortib yaşaşga mahkum etilgandek... Ajralişgan oilalarda tabiiyki, farzandlar ham ona bilan qolişga öz-özidan majbur. Erkaklar tabiatan şunday yaralgan, farzandga ayoldek mehr körsata olmaydi, degan qaraş bor jamiyatimizda.
– Avvalo şuni alohida taʼkidlab ötişni kerakki, inson heç qaçon öz-özidan huquqbuzar yoki jinoyatçi bölib qolmaydi. Bunga uning yoşligidan olgan tarbiyasi, oilaviy va taşqi muhit, munosabat örnatgan kişilarining qaraşlari va jamiyatda tutgan örinlari ham taʼsir körsatadi. Eng açinarlisi, baʼzida öz huquqlarini yaxşi bilmaslikdan jinoyatga qöl uradiganlar ham bor.
Şukrki, yurtimiz tinç, hayotimiz farovon. Mehnat qilgan odam elda aziz bölib, turmuş darajasi ham yuksalib boraveradi.
Xalqimiz ayolni kelajak yaratuvçilarining tarbiyaçisi, mehribon ona, sadoqatli umr yöldoşi va jamiyatda öz mavkeiga ega faol inson sifatida hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Lekin baʼzi ayollarning öz şaʼniga nomunosib tarzda jinoyatga qöl urayotganligi açinarli bölsa ham, aççiq haqiqatdir.
Joriy yilning ötgan 5 oyi mobaynida Namangan viloyatida ayollarga nisbatan körilgan jinoyat işlariga nazar taşlaydigan bölsak, 216 nafar ayollarga nisbatan 160 ta jinoyat işi körilgan. Şundan 133 ta jinoyat işi böyiça 186 ta ayol şaxslarga jinoyat işlari hukm çiqrişi bilan tugatilgan.
27 ta jinoyat işi böyiça 30 nafar ayol şaxsga nisbatan işlar iş yurituvidan tugatilgan, şunda 26 nafar ayol şaxalarga nisbatna 28 ta jinoyat işi yaraşuv bilan tugatilgan, 1 nafar ayol şaxsga nisbatan javobgarlik muddati ötgani bilan tugatilgan.
Bu rakamlar kişini mulohazaga çorlaydi, öyga toldiradi. Qöllari beşik tebratgan, tillari alla aytib, Yaratganning farzanddek uluğ inʼomini bağriga bosib ulğaytirgan ayolning jinoyatga qöl urişiga sabab nima?
Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişlarida körilayotgan çora-tadbirlar, olib borilayotgan saʼy-harakatlarga qaramasdan ayollar jinoyatlari kamayişiga erişilmayotganligini taʼkidlaş lozim.
Taʼkidlaş kerakki, ayollar jinoyatçiligida muqaddam jazo ötab çiqib, qayta jinoyat sodir etayotganlar salmoqli örinni egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri ularning jamiyatga moslaşa olmaganligidir. Ayollar örtasida jinoyatni oldini oliş uçun ularning jamiyatda munosib örin topişi, oilaviy şaroiti va muhitini yaxşilaş, kasbga yönaltirilgan kurslarda bepul öqitiş, maʼlumotidan kelib çiqib iş bilan taʼminlaş, oilaviy tadbirkorlik bilan şuğullanişga qiziqtiriş va reabilitatsiya markazlarida öz vaqtida ruhiy hamda jismoniy soğligini tiklaşga qaratilgan maqsadli profilaktik çora-tadbirlar muntazam ötkaziş kerak.
Xulosa örnida şuni aytiş lozimki, ayolning nozik qöllariga kişan emas, gul, qalbiga yovuzlik emas, ezgulik yaraşadi. U jamiyatimizning körki bölmoği lozim. Uning tillaridan puşaymonlik, afsus nolasi emas, allalar uçsin, baxtdan, toledan kuylasin. Buning uçun esa ayollar qonunbuzarligining oldini oliş faqat huquq-tartibot idoralari yoki tegişli taşkilotlarninggina emas, hammamizning vazifamizga aylanişi lozim.
Bumayram Bobomirzayeva
Namangan viloyat sudi sudyasi









