Nihoyat, koronavirusning «nozik joyi» aniqlandi

Nihoyat, koronavirusning «nozik joyi» aniqlandi

Sun Yatsen universiteti tadqiqotçilari mavsum va harorat özgarişi koronavirus tarqalişiga qanday taʼsir körsatişini aniqlaşdi. Ekspertlarning xulosasiga köra, infektsiya Tselsiy böyiça +8,72 darajada özini juda yaxşi «his qiladi».

Olimlarning taʼkidlaşiça, yangi COVID-19 koronavirusi yuqori haroratga öta taʼsirçan, deb yozadi «South China Morning Post».

Ekspertlar Xitoy va boşqa davlatlarda yanvar oyidagi rasmiy meteorologiya axborotlarni tahlil qilib çiqişdi. Tadqiqot çoğida aniqlanişiça, kasallaniş körsatkiçi Tselsiy böyiça +8,72 daraja haroratda özining eng yuqori çöqqisiga yetgan, keyin esa pasaygan.

Iliq va nam ob-havo koronavirusni zaiflaştirişiga qaramay, olimlar epidemiya yozda öz-özidan yöqolib ketişiga umid qilmaslikka çaqirmoqda.

Ustiga-ustak, amerikalik olimlar COVID-19 koronavirus infektsiyasining örtaça inkubatsion davri 5,1 kunni taşkil etişini aniqlaşdi. Biroq taxminan 1% holatlarda kasallik alomatlari 14 kungaça namoyon böladi – şu bois karantin şunça vaqt davom etadi.

×