Töy kortejida ketayotganlar yöl egasi emas

Töy kortejida ketayotganlar yöl egasi emas

Hayotda töy mavzusi heç qaçon eskirmaydi. Çunki hayotning maʼnosi, davomiyligi töylar bilan bevosita boğliq. Lekin töylarning qanday ötkazilayotgani, uning şaklu şamoyiliga aslo befarq qarab bölmaydi. 
Çunki töylar – xalqning nafaqat turmuş darajasi, balki madaniyati, maʼnaviyati közgusi hisoblanadi.
Xalqimizning turmuş darajasi yaxşilanib borayotgani töylarda ham aks etayotir. Bu nafaqat tökin dasturxonlarda, balki töyda iştirok etayotgan mezbonu mehmonlarning kiyinişida ham namoyon.
Töylarni batartib ötkaziş, ortiqça isrofgarçilikka yöl qöymaslikka qaratilgan çora-tadbirlar öz samarasini bermoqda. Sir emas, bizda töylar ilgari heç qaçon bir kunlik bölmagan. Töy oldidan, undan keyin ham turli marosimlar ötkaziş odatga aylanib ketgandi. Hozir esa kelin salom, çarlar, quda çaqiriq kabi turli tadbirlar qisqartirildi. Töy marosimida iştirok etuvçi mehmonlar soni ham ança kamaytirilib, ixçam töy ötkaziş anʼanasi yölga qöyildi.
Ammo jamiyatda joriy etilayotgan bu kabi tartiblarga barça birdek rioya qilyaptimi? Afsuski, tartiblarga bepisand qaraydigan, bosar-tusarini bilmay qolayotgan ayrim kimsalar uçun töylar hamon kim özarga qabilida davom etmoqda.
Birgina töy kortejlari masalasini olaylik. Meʼyorni bilmaydigan şaxslarning töylaridagi töy kortejlari (avtomobillar “karvoni”)da bu hol yaqqol aks etmoqda. Qimmatbaho markadagi avtomobillardan tarkib topuvçi bunday töy kortejlarida kelin-kuyovga hamrohlik qilayotgan yigitlarning ortiqça his-hayajonga berilib ketişi oqibatida yöl harakati xavfsizligi qoidalari qöpol ravişda buzilmoqda. Ularning svetofor qizil çiroğiga böysunmaslik, boşqa harakat iştirokçilarini nazarga ilmay ularga xalaqit beriş, avtomobilni töğri boşqarmay turli harakatlar hosil qilib rulni boşqariş kabi xunuk odatlari köpayib bormoqda.
Eng yomoni, bunday xurmaça qiliqlar tufayli turli yöl-trasport hodisalari sodir bölayotgani, kelin-kuyov ketayotgan avtomobil avariyaga uçrab, töy azaga aylanib ketgani kabi noxuş holatlar ham sodir bölgan. 
Yurib ketayotgan avtomobildan yarim beligaça çiqib kuylayotgan yoki eşigini lang oçib tik turib ketayotgan yigitlarni töy videolarida körib odam hayron qoladi. Bu bilan ular nimaga erişmoqçi? Jamiyatda örnatilgan tartib-qoidalarni mensimayotgan bunday yoşlar aslida na qonunni, na jamiyatni mensimay özining bilimsizligi, madaniyatsizligini namoyon qilmayapdimi? Axir özini bilgan, aqlini tanigan odam, avvalo. özini va atrofidagilarni hurmat qiladi.
Töğri, yoşlik köpinça şöxlikka ham qiyos etiladi. Biroq, şöxlikning ham öz örni va meʼyori bölişi kerak. Zero, qonun barçaga barobar. 
Eslatib ötamiz, qonunçilikda aynan töy va boşqa marosimlardagi transport vositalari kortejlarining yöllarda harakatlanişi bilan boğliq meʼyorlar belgilab qöyilgan.
Jumladan, mototsikllar va boşqa transport vositalari haydovçilarining yöllarda yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi yoki avariya holatini keltirib çiqaruvçi guruh bölib harakat qilişda qatnaşişi Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 129-moddasiga asosan bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravari miqdorida jarima solişga yoki transport vositasini boşqariş huquqidan olti oydan bir yilgaça muddatga mahrum etişga sabab böladi.
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yölovçi tomonidan tana qismlarini (qöldan taşqari) salondan çiqariş Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 138-moddasi 4-qismiga asosan bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şuningdek, transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yölovçi tomonidan tana qismlarini (qöldan taşqari) salondan çiqariş, mazkur transport vositasi haydovçisiga nisbatan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 1285-moddasiga asosan bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solişga yoki transport vositasini boşqariş huquqidan bir yil muddatga mahrum etişga sabab böladi.
Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan taqdim etilgan quyidagi video orqali mavzu bilan boğliq maʼlumotlar bilan tanişişingiz mumkin:

Xulosa qilib aytganda, yöllar faqat töy kortejida ketayotganlarniki emas, u barçaniki. Undan foydalanganda boşqalarning huquqlarini buzişdan ehtiyot böling. Zotan, yöllarda qilingan nojöya qilmişlar nafaqat boşqalarning manfaati buzilişiga, balki umringizga zomin bölişi mumkinligini unutmang!

×