Qozoğiston hamda Özbekiston örtasidagi biror bir ziddiyat yoki kelişmovçilik mavjud emas, deydi qardoş mamlakatning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elçisi Darxon Satibaldi. Bu haqda u 16 dekabr – Qozoğiston Respublikasining mustaqilligi kuni munosabati bilan Toşkentda taşkil etilgan tantanali marosimda gapirdi. Mustaqillikning 30 yillik tadbirida diplomatik missiya va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, madaniyat va sanʼat namoyandalari qatnaşdi. Marosimda Özbekiston hukumati nomidan boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov iştirok etdi.
«Qozoğiston va Özbekiston munosabatlarini strategik hamkorlik va qardoş-qöşniçilikning yuqori darajasi deb baholaş mumkin. Mustaqillikka erişilgan yillardan buyon mamlakatlarimiz yaqin aloqalarni saqlab, muştarak harakatlar borasida salmoqli mexanizmlarni yaratibgina qolmay, munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş borasida mustahkam poydevor qöya oldi», – dedi elçi Darxon Satibaldi.
Diplomat Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga joriy yil dekabr oyi boşidagi davlat taşrifiga alohida munosabat bildirdi.
«Taşrif yakunlari mamlakatlarimizning yanada faol iqtisodiy aloqalar va siyosiy yaqinlaşuv borasida muştarak nuqtai nazarda ekanini tasdiqladi, ayni çoqda, strategik hamkorlikning yangi ufqlarini oçiş imkonini berdi. Ikki tomonlama salmoqli hujjatlar töplami (22 hujjat) imzolandi. Ular orasida Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi deklaratsiyani alohida qayd etiş joiz. Bu hujjat Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi işonçga asoslangan munosabatlarning yangi bosqiçiga şahodat beradi», – dedi Qozoğiston elçisi.
6 dekabr kuni Oqörda qarorgohida ikki davlat rahbari iştirokida ötgan muzokaralar yakunida strategik şeriklik ittifoqçilik munosabatlari darajasiga kötarilgandi.
«Özbekiston va Qozoğiston – tabiiy iqtisodiy hamkorlar. Iqtisodiyotlarimiz raqobat qilmaydi, bir-birini töldirib turadi», – degan edi prezident Şavkat Mirziyoyev.
«Öylaymizki, mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlaşning muhim omili bölib xizmat qiladi», – deya hamkasbi fikrlarini qöllab-quvvatlagan edi Qozoğiston yetakçisi Qosim-Jomart Toqayev.
Taşrif asnosida ikki davlat savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkaziş rejasi ham eʼlon qilindi.
Darhaqiqat, savdo-iqtisodiy aloqalar özaro robitalarning muhim jabhasi sanaladi. Qozoğiston elçisiga köra, 2016 yildan buyon savdo aylanmasi 2 baravarga ortdi. Joriy yilning 10 oyi mobaynida esa bu körsatkiç 3,2 milliard dollarni taşkil etdi.
Sarmoya böyiça özaro kömak ham kengaymoqda. Qozoğistonlik sarmoyadorlar asosan yurtimizda quriliş materiallar, metall konstruktsiyalar, un işlab çiqariş, şuningdek, savdo majmualarini rivojlantiriş, obʼektlar barpo etişga mablağ tikmoqda. Özbekistonlik investorlar esa qöşni mamlakatda avtomobilsozlik, töqimaçilik, farmatsevtika va maişiy texnika işlab çiqariş sohasida faoliyat yuritmoqda.
Diplomat öz nutqida munosabatlardagi nozik nuqtaga ham eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlaşiça, bugungi kunda ikki mamlakat iqtisodiyoti özaro raqobat emas, balki bir-birini qöllab-quvvatlaş, töldiriş yölidan bormoqda.
Elçi D.Satibaldi Qozoğiston mustaqillik yillarida erişgan asosiy yutuqlarga töxtalar ekan, mamlakat rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli tarzda ötib, jahon iqtisodiy tizimining tölaqonli aʼzosiga aylanganini qayd etdi.
Diplomatga köra, 1991 yildan buyon Qozoğistonda örtaça maoş 17, pensiya 10, YAIM esa 18 baravarga ortdi. 1250 dan ziyod sanoat korxonasi taşkil etildi, 2700 dan ziyod boğça, 1800 ga yaqin maktab va kollej barpo qilindi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 370 milliard dollardan ziyod töğridan-töğri investitsiya jalb etildi. Qozoğiston dunyoning eng raqobatbardoş 50 mamlakati safiga qöşildi. Endilikda yanada katta marralar közlanmoqda.
Eslatib ötamiz, 1991 yilning 16 dekabrida Qozoğiston Oliy kengaşi davlat mustaqilligi va suvereniteti haqidagi qonunni qabul qilgan. Öşandan buyon 16 dekabr mamlakatning asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kuni sifatida nişonlanadi.









