Xitoylik olimlar koronavirusning “nozik joyi”ni, yaʼni uning haroratga taʼsirçanligini aniqlaşdi. COVID-19 koronavirusi tselsiy böyiça +9 daraja atrofida, aniqroği +8,72 darajada tez tarqaladi.
“South China Morning Post” naşrining yozişiça, Sun Yatsen universiteti bazasida işlovçi olimlar infektsiya yuqori haroratga taʼsirçanligini ham aniqlagan.
Maʼlumot örinda aytiş joizki, koronavirus bilan boğliq vaziyat Xitoydan taşqarida jiddiy tus olib boryapti. Rossiya poytaxti Moskvada koronavirus sababli sport va boşqa turdagi ommaviy tadbirlar taqiqlandi.
Şu bilan birga, Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş va inson farovonligi sohasidagi nazorat böyiça federal xizmat (Rospotrebnadzor) qatnov köpayadigan vaqtda zarurat bölmasa, jamoat transportidan foydalanmaslikni tavsiya qilyapti. Şuningdek, vahima qilişga hojat yöqligi taʼkidlanyapti.
Yevropa davlatlari, xususan, Italiya, Frantsiya, Ispaniya va Germaniyada ham koronavirus bilan kasallaniş holatlari ortib boryapti. Italiyada allaqaçon ommaviy tadbirlar va mamlakat böylab harakatlaniş taqiqlandi. Hukumat maktablarni ham yopib qöydi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provintsiyasi markazi Uxan şahrida ötgan yilning dekabr oyi örtalarida yangi virus paydo böldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotini mamlakatda epidemiya boşlangani haqida ogohlantirdi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalişi sababli Jamoat soğliği uçun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat soğliği uçun jiddiy xavf tuğilganda eʼlon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Virus bugungaça 119 davlatga kirib bordi. Undan halok bölgan 4299 nafarga, kasallanganlar 119 214 nafarga yetdi.
Koronavirus bugungaça qurbonlar soni böyiça 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Şarq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, şulardan 774 nafari (ölim darajasi 9,6 foiz) halok bölgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (ölim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bölgan.









