Şu yilning 30 may kuni Namangan şahrining Samarqand savxozida yaşovçi fuqaro telegram ijtimoiy tarmoğining “Namanganliklar” kanalida “Yöllarimiz juda ham yomon, töliq asfalt yotqizmasanglar, heç bölmasa çuqurlarni yamab beringlar” mazmunidagi murojaati eʼlon qilingan.
Uşbu murojaatga Namangan viloyat avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi öz munosabatini bildirdi.
Boşqarma tarkibidagi Namangan köpriklardan foydalaniş unitar korxonasi tasarrufidagi davlat ahamiyatidagi 4R-214 “Namangan şahar - Qozoqovul qişloq - Kosonsoy şahar” avtomobil yölining 13 km uzunlikdagi yöllariga şu korxona tomonidan xizmat körsatiladi.
Korxona tomonidan 2019 yilda avtomobil yölining 13 km. oraliğidagi yölda paydo bölgan asfaltobeton qoplamasida mavjud çuqurçalarni 1004.0 m2 hamda 2020 yil yanvar-may oylarida 1738.0 m2 joriy taʼmirlaş işlari bajarildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida"gi PF-5969-sonli farmoniga asosan 2020 yilda avtomobil yölining 13 kilometrini joriy taʼmirlaş uçun 150 mln. söm mablağ ajratilgan, bundan taşqari umumfoydalanişdagi avtomobil yöllarini joriy taʼmirlaş dasturiga asosan 226 mln. söm, jami 376 mln. söm mablağ ajratilgan. Hozirgi kunda Namangan köpriklardan foydalaniş unitar korxonasining 243- yöl bölimi tomonidan uşbu yölning 2 kilometr uzunligida joriy taʼmirlaş işlari yakunlandi, hozirda mazkur yölning qolgan 11 kilometrida joriy taʼmirlaş işlari olib borilmoqda, şu yilning iyun oyi oxirida uşbu yölda taʼmirlaş işlari yakunlanadi.
Namangan şahar hokimligi axborot xizmati.













