Ikki hafta davomida ösimlik yoğining narxida pasayiş kuzatildi

Ikki hafta davomida ösimlik yoğining narxida pasayiş kuzatildi

Davlat statistika qömitasining 2021 yil 5 apreldan 12 mayga qadar Özbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan narxlarning viloyatlar, tumanlar va şaharlar böyiça özgarişi tahlili maʼlumotlariga köra, hafta oxiriga kelib respublikada bir litr ösimlik yoğining örtaça narxi 0,4% ga pasayib, 19 034 sömni taşkil etdi. Örtaça narxlar diapazoni Andijon viloyatida bir litr uçun 17 110 söm, Toşkent şahrida 20 440 sömgaça bölgan oraliqda özgarib bordi.

11 ta viloyatda ösimlik yoği narxlarining pasayişi kuzatilmoqda, eng yuqorisi Xorazm (1,3% ga), Buxoro (0,9% ga) viloyatlarida va Toşkent şahrida (0,8%) qayd etildi.

Tumanlar tarkibida ösimlik yoği narxining bir litri uçun eng katta pasayişŞahrixon (5%), Xiva (5%), Oqqörğon (4,8%), Qibray (4,6%), Uluğnor (4,3%), Zarbdor (4,3%) tumanlarida kuzatildi.

Hafta davomida narxlar faqat 3 ta viloyatda oşdi, ulardan eng balandi Qaşqadaryo (0,2% ga), Toşkent (0,1% ga), Farğona (0,02% ga) töğri keladi.

2 hafta davomida 28 apreldan 12 maygaça respublikada ösimlik yoğining örtaça narxi 0,9% ga pasaydi.

Körib çiqilayotgan davr mobaynida respublikada örtaça narxlarning ösişi mol göşti (0,2 %ga, kilosi 61 132 ming sömgaça), kartoşka (0,4 %ga, kilosi 4,673 sömgaça), tuxum (0,1 %ga, öntasi 10,775 sömgaça), buğdoy uni (0,8 %ga, kilosi 4,879 sömgaça), şakar (0,9 %ga, kilosi 8,379 sömgaça) uçun qayd etildi.

Hududlar kesimida eng yuqori narx ösişi:

  • mol göşti Surxondaryo (1,8%) va Navoiy (1,4%) viloyatlarida;
  • sut Xorazm va Buxoro viloyatlarida (0,6%);
  • tuxum Navoiy (1,6%), Xorazm (1,4%) viloyatlarida;
  • artoşka Xorazm (6,7%), Sirdaryo (5,2%) viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida (5%);
  • guruç Navoiy (1,2%) va Farğona (0,6%) viloyatlarida;
  • buğdoy uni Namangan (12,6%) va Qaşqadaryo (0,6%) viloyatlarida;
  • şakar Qaşqadaryo (4,9%), Surxondaryo (2%) viloyatlarida kuzatildi.

Respublikada hafta davomida örtaça narxlarning pasayişi sut (0,2%ga, litriga 6 089 sömgaça), guruç (0,04% ga, kilosi 10 165 sömgaça), ösimlik yoği (0,4% ga, litriga 19 034 sömgaça) uçun qayd etilgan.

Hududlar kesimida narxlarning eng katta pasayişi quyidagilar uçun qayd etildi:

  • mol göşti – Xorazm viloyatida (0,7%), Toşkentda (0,3%);
  • sut – Qoraqalpoğiston Respublikasida (2,4%), Andijon (1%) va Qaşqadaryo (0,9%) viloyatlarida;
  • tuxum – Namangan (0,5%), Andijon va Samarqand (0,4%) viloyatlarida;
  • kartoşka – Jizzax (3,5%), Qaşqadaryo (1,9%) viloyatlarida va Toşkent (2,5%) şahrida;
  • guruç – Qaşqadaryo (0,7%), Jizzax (0,6%), Andijon (04,5%) viloyatlarida,
  • buğdoy uni – Toşkent (0,3%), Farğona (0,03%) viloyatlarida;
  • şakar – Toşkent (0,5%), Farğona (0,2%) viloyatlarida;
×