«Milliy tiklaniş» partiyasi raisi Alişer Qodirov «Alter Ego» loyihasiga intervyu berdi.
Suhbat asnosida u «UzavtoMotors» maşinalari narxi bilan boğliq jarayonlarga ham töxtalgan.
Qodirovning fikriça, «bizda maşinalar öta qimmat emas, muammo — odamlar daromadining pastligida».
«Xalq «UzavtoMotors» maşinalari qimmatligidan emas, daromadning pastligidan jabr köryapti. Muammo maşinada emas, daromadda. Lekin men oçiqdan-oçiq qimmat maşinalarni xalqqa sotiş tarafdori emasman. Bosqiçma-bosqiç transformatsiyani qöllayman. Birdaniga bojxona tölovlarini oçib bir nimaga erişiş juda qiyin. Ozroq vaqt ötib bizda ham raqobatbardoş avtomobilsozlik sanoati yuzaga keladi», — deydi Qodirov.









