Özbekistonning aksariyat qismida 8 fevral kuni havo bulutli böladi, baʼzi joylarda yomğir yoğadi, deb xabar bermoqda «Özgidromet». Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida yomğir kuçayişi mumkin, baland toğlarda qor yoğadi.
Faqat Qoraqalpoğistonda, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorati kunduz kuni 10-15 daraja iliqni, eng janubda 17-20 daraja iliqqaça, respublikaning şimolida 5-10 daraja iliqni taşkil etadi.
9 fevral kuni Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida asosan kunning birinçi yarmida yoğingarçilik böladi. Harorat foni özgarmaydi.
Haftaning örtasida Qozoğiston hududlaridan yana nam havo massalari ötadi va u Özbekistonning şimoliy qismiga kiradi.
10 fevral kuni Qoraqalpoğistonda va Xorazm viloyatida, 11 fevral kuni Toşkent, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduz kunlari 15-17 daraja iliqqaça, janubda 20 daraja iliqqaça kötariladi.
12 fevral kuni Özbekistonning barça hududlarida asosan kam bulutli ob-havo böladi, havo harorati fevral oyiga qaraganda mart oyining oxiri va aprel oyining boşiga köproq xosdir. Kunduz kuni havo 17-20 daraja iliqqaça, janubda va çöl hududlarida 22 daraja iliqqaça isiydi.
Hafta davomida toğli hududlarda qor köçişi xavfi saqlanib turadi.









